Shina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shina (nem.) (texnikada) — avtomobil, traktor va boshqalar mashinalarning gʻildiragi gardishiga kiygiziladigan rezina yoki rezina toʻqimali pnevmatik qobiq; gʻildirakning yoʻl bilan tishlashishini taʼminlaydi, notekis yoʻllardagi turtki va zarbalarni yumshatadi. Kamerasiz va kamerali turlari mavjud. Kamerali Shina, asosan, kamera, pokrishka va bort lentasidan iborat. Shina karkas, protektor, yostiqsimon qatlam (breker), yon devorlar va bortlardan tashkil topadi. Karkas pokrishka uchun asos vazifasini bajaradi va kord qatlamlaridan yasaladi. Pokrishka kameraga nasos yordamida yuborilgan havo bosimiga qarshilik koʻrsatadi va uni shikastlanishdan saqlab turadi. Kamerasiz shinada havoning ichki bosimi taʼsirida pokrishka bortlari gʻildirak gardishi chetlariga zich tegib turadi, bu esa zarur germetiklikni (havoning sizib chiqmasligini) taʼminlaydi.

Shina mashinaning tormoz yoʻli uzunligiga, yonilgʻi sarfiga va boshqalar omillarga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Vazifasiga qarab, Sh.lar yengil avtomobillar va yuk avtomobillariga, qishloq xoʻjaligi mashinalari (traktorlar, paxta terish mashinalari va boshqalar) ga, yoʻl qurilish mashinalariga, mototsikllar va velosipedlarga moʻljallangan xillarga boʻlinadi. Aviatsiya, bir relsli (monorelsli) transport va boshqalar uchun moʻljallanganlari maxsus Sh.lar hisoblanadi.

Shina koʻp qatlamli rezinatoʻqimachilik mahsuloti boʻlib, asosan, kauchuk,2. Shinalardagi rezina, kimyoviy tolalar va armatura materiallari (kordlar)dan avtomatpotok liniyalarida tayyorlanadi.

Shuningdek qarang[tahrir]