Koro Kamil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KORO (Corot) Kamil (1796.16.7 -Parij — 1875.22.2) — fransuz rassomi, fransuz realistik manzara janrining asoschilaridan. Italiyada boʻlgan (1825—28, 1834,1843), 1862-yilda Belgiya, Gollandiya, Londonga oʻquv safarlari bilan borgan. K. ijodiga tabiatga qiziqish, uni lirik his etish xos. Ijodini klassik anʼanalarda manzaralar yaratish bilan boshlagan ("Venetsiyada tong", taxminan 1834; "Gomer va choʻponlar", 1845 va boshqalar), 1850-yillardan K. asarlarida koʻtarinki ruh, yetuklik, orzu ohanglari kuchaydi, tabiatni oʻzgaruvchan holatini ifodalashga, lahzani muhrlashga, ilk taassurotlar sofligini saqlashga intildi ("Sevr yoʻli", 1855—60; "Mortefonten xotiralari", 1864; "Shamol xuruji", 1865—70 va boshqalar). 1860-yildan atrof muhit bilan uygʻunlashgan portretlar yaratgan. K., shuningdek, rasm, litografiya, ofortlari bilan ham mashhur.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil