Hector Berlioz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Hector Berlioz
Tavalludi 11-dekabr 1803[1][2][3][4][5]
Vafoti 8-mart 1869[1][3][4][5]
Fuqaroligi Fransiya
Otasi Louis Berlioz

Hector Berlioz (Fransuzcha talaffuzi: ɛktɔʁ bɛʁljoz; 1803.11.12, La Côte-Saint-André — 1869.8.3, Parij) — fransuz kompozitori, dirijyor, musiqa tanqidchisi, romantik programmali simfoniya ijodchisi. Parij konservatoriyasida oʻqigan (1826—30). 5 qismli "Fantastik simfoniya"ni ijod etgan. "Sardanapal" kantatasi uchun Katta Rim mukofotiga sazovor boʻlgan. 30-yil iyul inqilobi qurbonlarining yodnomasi boʻlgan "Tantanali motam simfoniyasi" (1840), "Troyaliklar" dulogiya ("Qoʻsh opera")si mashhur (1855—59). 1856-yildan Fransiya instituti (Akademiya) aʼzosi. Bayron asari boʻyicha alt va orkestr uchun yozgan "Garold Italiyada" simfoniyasi (1834), katta simfonik orkestr bilan toʻrtta mis damli sozlar orkestri uchun "Rekviyem"i (1837), "Benvenuto Chellini" romantik operasi (1838), "Faustning qoralanishi" (Gyote asari asosida) dramatik afsona opera — oratoriyasi (1846), "Beatriche va Benedikt" operasi (Shekspir asari asosida, 1862) B.ning harakterli asarlaridandir. B. ijodiy faoliyati bilan Yevropa musiqa sanʼati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil