Nisoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nisoriy (taxallusi; asl ismsharifi Hasanxoja Podshohoja oʻgʻli) (1516 — Buxoro — 1597) — shoir, tazkiranavis. Tanikli shoir va davlat arbobi Xoja (Podshohoja)ning oʻgʻli. Buxoro madrasalarida oʻqigan. Riyoziyot, handasa, tibbiyot, musiqa ilmlarini puxta egallagan, otasidan aruz sirlarini oʻrgangan. Sheʼrlar mashqqilgan. Otasi Balxda shayxulislomlik paytida (1533—43) N. shu shahardagi Kamoliddin Qoʻnoq madrasasida handasa ilmidan dare bergan. Buxoroga qaytgach, 1545—50 yillarda Abdulazizxon, 1550— 66 yilda Miyonkol hokimlari huzurida sadrlik vazifasini bajargan. Soʻng Buxoroda umrining oxirigacha maktab-dorlik qilgan, badiiy ijod bilan mash-gʻul boʻlgan. "Malik ushshuaro" unvo-niga musharraf boʻlgan. N. turkiy va forsiydagi sheʼrlaridan devon tuzgani maʼlum, lekin devon hali topil-magan. Faqat 16-asrda yaratilgan bir kancha asarlar orqali uning bir necha gʻazal, ruboiylari, "Bahoriyot" qasidasi hamda "Muzakkiri ahbob" (1566) tazkirasi yetib kelgan.

"Muzakkiri axbob" Davlatshoh Samarqandiynmnt "Tazkirat ush-shuaro" va Navoiyning "Majolis unnafois" asarlaridan keyingi uchinchi tazkira deb hisoblanadi va bu asar Makrla, 4 bob va Xotimadan iborat. Makala qismi te-muriylar va shayboniylar hamda bobu-riylardan yetishib chiqqan shoirlarga bagʻishlangan. 4 bobi Movarounnaxr, Xu-roson, Sharqiy Turkiston, Turkiya, Ozarbayjon va Hindistonda yashagan shoirlar ijodi haqida. Xotima qismida esa muallifning sheʼr yozgan ota-bobolari va yaqin qarindosh-urugʻlari toʻgʻrisida soʻz yuritilgan. Asarda jami 288 shoir va adib haqida maʼlumot berilgan. Asar adabiyot nazariyasi, xususan, sheʼriyat masalalari haqida, 16-asr Movarounnahr, Xuroson va Hindiston kabi oʻlkalar adabiyoti, madaniyati, tarixi va ijtimoiy tafakkuri haqida maʼlumotlar olishda muhim manba boʻla oladi.

Asarning dunyo qoʻlyozma xazinalarida 14 nusxasi mavjud. Oʻzbek tiliga Ismoil Bekjon tarjima qilgan (1993). Qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. №4282, 1438, 4374, 7760).

Manbalar[tahrir]

  • Muzakkiri ahbob, T., 1993.

Adabiyot[tahrir]

  • Ismoil Bekjon, "Muzakkiri ahbob" tazkirasi va uning muallifi haqida, T., 1993.

Begali Kosimov.