Muxali noʻyon
Qiyofa
Muxali noʻyon (1169-1223) -moʻgʻullar sarkardasi. Chingizxonnint eng yaqin 4 safdoshi (Durban xuluk) dan biri. Chingizxon Shim. Xitoyni egallagach, Muxali noʻyonga (1217) Go-van unvonini (Go — mamlakat, van — shoh) berib, oʻzini Xitoydagi noibi sifatida qoldirgan. Muxali noʻyon jaloyir qabilasiningchat urugʻidan boʻlgan. Muxali noʻyon Xitoydagi koʻplab shaharlarni bosib olgan. Muxali noʻyon jasur, mard, aklli sarkarda boʻlgan. Bir necha bor Chingizxonni kulfatdan omon saqlab qolgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |