Mustaqil Hindiston muammolari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sikx muammosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindistonning eng murakkab muammolaridan biri ko‘p jihatli sikx muammosi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan Panjob shtatining ajralish haqidagi masaladir. Muammoning xalqaro jabhasi Panjob shtatida sikx aholisining ahamiyatsiz ko‘pchiligi yashadi, bu hudud esa Hindistonning oziq-ovqat bazasidir – bu yerda bu-doyning 73% va guruchning 48% yetishtiriladi. Bundan tashqari bu shtat Hind-Pokiston qarama-qarshilik jarayonida qulay strategik holatni egallaydi. Panjobning ajralishi Hindistonning yagona ko‘p millatli davlat sifatida barbod bo‘lish jarayonini boshlab berishi mumkin.

Mustaqillikni e’lon qilish paytidan boshlab Dehli amalga oshirayotgan barcha xalq va konfessiyalarni proporsional vakilligi siyosati Hind jamiyatini oldin qoloq bo‘lgan qatlamlarini siyosat va iqtisodda faol ishtirokiga va rolining o‘sishiga ko‘maklashdi (davlat apparati, davlat sektori, polisiya va armiya, o‘rta va oliy ta’lim tizimi, ma’lum darajada iqtisodning xususiy sektorida). Bularning barchasi yuqorida sanab o‘tilgan sohalarda proporsional bo‘lmagan tarzda katta o‘rinni egallagan xalq, kasta va konfessiyalarning vakilliklarini siqib chiqarish hisobiga amalga oshirildi. Proporsionallik siyosati tufayli norozi bo‘lgan diniy jamoalar orasida sikxlar ham bo‘lganlar (Hindiston aholisining 2% hind armiyasining 11%, ofiser korpusining 22%). Sikx jamoasining noroziligining o‘sishi bilan bir qatorda Hind jamiyatida qulay o‘rindan chiqarib tashlash uchun sikx burjua ziyasining Panjobda iqtisodiy va siyosiy jihatdan ustuvorlik qilish uchun kurash ketmoqda, hattoki bu yerda Xoliston deb nomlangan mustaqil davlatni tashkil qilish nazarda tutilgan.

Sikx muammosining Panjob jabhasi. 1856 yilda qiyinchilik bilan Panjobni egallab olib va sikxlar davlatining shu yili yo‘q qilgan inglizlar jangavor sikxlardan qo‘rqib, ularni o‘z tomonlariga «Britaniya imperiyasi legionerlari» sifatida jalb etib bu diniy sektani «alohida harbiy qobiliyat va uslubiyatga ega mustaqil millat» deb e’lon qilganlar. Mustamlakachilar yordamida vujudga kelgan «abadiy xudo partiyasi» («akali dal») sikx diniy jamoasini ijtimoiy, siyosiy jamoa sifatida tushungan. Biroq 1947 yilda London diniy asosda Sikxistonni tashkil qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamadi, chunki Panjobning biron bir hududida ham sikxlar aholining katta qismini tashkil qilmagan.

Hindiston va Pokiston o‘rtasida Panjob bo‘lingunga qadar bu hududda 61% musulmon, 26% hind va 13% sikx aholi istiqomat qilgan. Bo‘lingandan so‘ng Panjob hind shtatida hindlar ulushi 61%gacha, sikxlarniki esa 35%gacha oshdi. Hind va sikxlarning o‘sgan qismi ularning milliy o‘z-o‘zini anglashini kuchayishiga ko‘maklashdi, bunda panjobiy tili asosida milliy panjob o‘z-o‘zini anglash kabi holat shakllanishi kuzatilmadi. Hinduizm tarafdorlari bo‘lgan shavinizmlar sikxlar hinduizmga qarshi deb e’lon qildilar va Panjobning hind aholisi panjobiy tilidan hindiy tiliga o‘tdi. Bunga javoban Akali dal panjob tilli shtatini tashkil qilish shiori ostida sikx diniy asosida yangi shtatni tashkil qilish uchun kurashni boshladi. Natijada 1966 yilda Dehli Panjobni bo‘lishni amalga oshirdi, yangi sikx Panjobida sikxlar 54%, hindlar esa aholining 46%ni tashkil qiladi.

Kashmirdan farqli ravishda hozirgi zamonaviy Panjob shtati Hindistondagi eng boy shtatdir. Bu yerda o‘rta Hindiston daromadi 1,5 ming rupiyani tashkil qilgan holda, o‘rta yillik daromad 2,5 ming rupiyani tashkil qiladi, mamlakatdagi umumiy 40% aholi qashshoqlik darajasidan past darajada yashagan holda bu yerda bu ko‘rsatgich 21%ni tashkil qiladi, Hindistonning qishloq xo‘jaligi hududlarida 20% su-oriladigan maydonlar bo‘lsa, bu yerda bu ko‘rsatgich 80%ni tashkil qiladi.

Bu shtatdagi «yashil inqilob» mevalaridan avvalambor sikx fermerlar foydalandilar. Ularning iqtisodiy qudrati shtatning hind shahar burjuaziyasi qo‘lida qolgan siyosiy hokimiyat bilan mustahkamlanmadi. Shunday qilib Panjobdagi ichki burjua ziddiyatlar Hind shahar va sikx qishloq burjuaziyasining turli diniy mansubligi bilan ko‘p karra kuchayadi.

Sikx qishloq burjuaziyasining iqtisodiy va siyosiy qudratining nomuvofiqligi hind o‘lchovlariga ko‘ra bu farovon shtatga hind mardikorlarining ko‘chib kelishi bilan murakkablashadi. Buning natijasida shtat paydo bo‘lgan davrdan boshlab konfessiyalarning mutanosibligi tenglashdi, sikxlar ustidan hindlar sonini istiqbolda oshib borishga bo‘lgan tendensiyasi saqlanib qolmoqda. Bu esa Panjobni Hindistondan ajralishga bo‘lgan Aqali dalni umidlarini puchga chiqarishi mumkin.

Sikx burjuaziyasi Panjobda nafaqat siyosiy hokimiyatdan mahrum, ular shahar hind iqtisodiga yig'ilgan kapitallarni investisiya qilish imkoniyatiga ham ega emas. Shtat chegarasi ortida sikxlarning ma’lumotga ega bo‘lgan burjua yoshlari cheklovchi proporsional siyosat ostiga tushib qoladi. Yuqorida ko‘rsatilgan va o‘zga omil larning majmuasi sikx yoshlarini Panjobni ajralishi uchun bo‘lgan ekstremistik harakatning yetakchilariga aylantirdi. Ekstremistlar faoliyatining tarkibiy qismi shtatdan hindlarni siqib chiqarish, bu Panjobdagi konfessiyalar o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan proporsiyalarni o‘zgartirish va Panjobga hind migratsiyasiga chek qo‘yish maqsadida amalga oshiriladi. Ekstremistlarning faoliyati minglab insonlarni o‘ldirish bilan bo-liq, jumladan, ularning rejalarini amalga oshirishga qarshi bo‘lgan arboblarni yo‘q qilish. Masalan, akali daldagi mo‘tadillar yetakchisi Longoval, bosh vazir I.Gandi, Hindiston armiyasi shtabining boshli-i general Vaydiyalarning o‘ldirilishi, bundan tashqari, Hindiston prezidenti Zayil Singx dindan ajratilgan.

Shunday qilib Xolistonni yaratishning milliy diniy shiorlari ostida Panjobni monopol tarzda ekspluatatsiya qilishdan manfaatdor bo‘lgan soni tobora o‘sib borayotgan sikx burjuaziyasining manfaatlari yotadi. Bu intilish va sa’y-harakatlarni amalga oshirilishi Hindistonni nisbatan yirik 15 ta davlatlarga ajralishiga olib kelishi mumkin, hozirda Hindiston aholisi butun Afrika aholisidan ko‘proqdir, bunda mahalliy milliy burjuaziya boshchilik qiladi. Davlat sektori va hind monopoliyalari bu vaziyatda «iqtisodiy qisqich» rolini bajaradi.

Hindiston siyosiy hayotida 10%li musulmon kichiklikning muam mosining ahamiyati mustaqil rivojlanishning 10 yillik tarixida asta-sekin ooshib bordi. Mamlakatni qonli bo‘linishidan so‘ng hind hududida qolib ketgan musulmonlar ikkinchi va uchinchi Hind-Pokiston urushlari paytida Dehliga tarafdorliklarini saqlab qolgan, o‘sha davrda Pokistonga moyil istehkom hind musulmonlarini hind shovinistlari deb ayblanishiga olib kelishi mumkin edi.

Hindistonda soni bo‘yicha Indoneziyadan keyingi 2 o‘rinda bo‘lgan musulmon jamoasi istiqomat qiladi, bu jamoa Pokiston islom respukblikasi aholisidan kattaroqdir. Mustaqillik yillarida Hindistonda mamlakatning siyosiy elitasidagi musulmonlarning qismi 7%gacha qisqardi, polisiyada esa 40%dan 2 %gacha kamaydi. Ba’zi bir baho larga ko‘ra, hind musulmonlarining 83% o‘zini diskriminatsiyalangan deb hisoblashadi va hind jamiyatidagi o‘z maqomlarini oshirishga intiladilar. 80-90 yillarning chegarasida kommunalizm kuchaygani tufayli hind musulmon keskinligi yanada oshdi, kun tartibiga Kashmirni ajralish muammosi yana qaytdi.

Kashmir zabt etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1846 yilda Angliya tomonidan zabt etilgan Kashmir 380 ming funt sterlingga hind maxorojasiga sotilgan, chunki u yerda doimo isyonlar bo‘lgan. Kashmir tufayli birinchi Hind-Pokiston urushidan so‘ng «baxtli vodiy» aholisi ichidagi musulmonlar ulushi 77%dan 64%gacha qisqardi, buning sababi mahalliy aholi «hindlar hujumi» deb atagan hind migrantlarning kelishi edi.

Kashmirda yillik kishi boshiga daromad 260 AQSH dollarini tashkil qiladi, bu ko‘rsatgich Hindiston bo‘yicha 450 AQSH dollarini tashkil qiladi, Pokistonning ozod Kashmirida savodxonlik 56%ni tashkil qilsa, Hindiston Kashmirida 26%ni tashkil qiladi. Kashmir tili Hindistonning 14 ta rasmiy tilidan biri bo‘lishiga qaramasdan, amalda u hindiy va sanskrit tili tomonidan siqib chiqarilmoqda. 7 mlnlik Kashmir hududida 200 ming askardan iborat Hind armiyasi joylashgan, bundan tashqari xavfsizlik xizmatining 16 mingta xodimi ham bu yerda ish olib boradi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillarning majmuasi musulmon hindlarga qarshi kayfiyatlarning o‘sishiga va Islomobod tomonidan ko‘mak asosida to‘polonlarga olib keldi.

Mikromillatchilik muammosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mikromillatchilik muammosi Naga va Mizo (ularning umumiy soni 300 mingga yaqin) qabilalarining tarixiy o‘tmishi va geografik holatining o‘ziga xosligi bilan bog'liq. Inglizlar ko‘chmanchi ziroat chilik bilan shu-ullangan qoloq to-lilardan xalqni mustamlaka armiya qatorlarini zobitlar bilan to‘ldirishga foydalangan, ularni xristian diniga kirgizib, qabilaning yuqori qatlamiga Yevropa ma’lumotini bergan. Shunday qilib, o‘z «ziyolilari»ga ega bo‘lgan bu qoloq qabilalarida Hindistondagi Angliyaning sobiq «beshinchi kaloniya» obro‘si bor. Pekin Naga va Mizoning hindlarga bo‘lgan milliy diniy kelishmovchiligidan foydalanib, bu qabilalarni Dehliga qarshi qurol langan separatistik chiqishlarini qo‘llab-quvvatladi. Mamla katning Shimoliy sharqidagi holatni tartibga solish niyatida bo‘lgan markaziy hukumat Naga len shtati hamda Mizo ram ittifoq hududini yaratishga rozi bo‘ldi, bunda hukumat aholisining kam sonligiga e’tibor bermadi, bu esa u yerdagi vaziyatni ma’lum darajada barqarorlashtirdi.

Hindiston burjua munosabatlarining rivojlanishi bo‘yicha boshqa rivojlanayotgan mamlakatlardan oldinda, biroq bu mamlakvatlardan biron biri ham Hindiston kabi an’anaviy muammolarning shunday yukiga ega emas. Ular orasidagi asosiylari mamlakatning 15 dan ortiq yirik xalqlarining millatchiligi va bu bilan bo-liq til muammosi, kichik xalq va qabilalarning mikromillatchiligi, ya’ni mavjud bo‘lpmagan millatlarning millatchiiligi, hind jamiyatining kastalarga bo‘linishi, hind jamiyatini diniy belgiga ko‘ra bo‘linishi – 20 mln sikx, 100 mln musulmon, 8 mln hinduizm tarafdorlari, kommunalizm, minta qaviylik, separatizm.

Kasta tuzilmasi mustaqillikdan oldingi shaklda saqlanib qolgan, uni mamlakat rivojiga ta’siri ikkilamchidir, bir tomondan, kasta tizimi haddan ziyod qutblashgan hind jamiyatida sinfiy ziddiyatlarni yumshatuvchi barqarorlashtiruvchi omil rolini o‘ynaydi, chunki insonni kasta jamiyatidagi xulqi sinfi emas, kasta mansubligi bilan belgilanadi. Mamlakat aholisining aksariyati quyi kastalarga mansub, ammo bunday tengsizlikni ijtimoiy me’yor sifatida qabul qilib, iqtisod va siyosatda o‘z rolini oshirishga da’vogarlik qilmaydi. Kasta tizimi hind muhitida terroristik faoliyatning imkoniyatli hajmini chegaralab turadi, biroq boshqa tomondan kasta tuzilmasining yopiqlikda saqlash roli ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning vazifalariga ziddir.

Mintaqaviylik va separatizmni vujudga keltiruvchi yirik xalqlar millatchiligi muammosi Hindistonda etnik konsolidatsiya jarayonlari joylarda umumhind super etnosini shakllanishidan ko‘ra tezroq borayotganligi tufayli paydo bo‘ldi. Hindiston hududida millatlarning iqtisodiy integratsiyasi etnik konsolidatsiyaning o‘rnini bosa olmaydi. Bundan tashqari mahalliy milliy burjuaziya iqtisodiy integratsiyaga qarshilik qiladi, chunki bu integratsiya doirasida unga hind mono poliyalarining yirik kapitalining kichik hamkorining bo‘ysungan roli tegishlidir, bundan esa burjua mintaqaviylik va separatizm muammosi kelib chiqadi.

Mahalliy burjuaziya bosimi ostida markaziy hukumat Hindiston ittifoqining ma’muriy hududiy islohotini amalga oshirishga qo‘l urdi va etnik asosda 25 at shtat va 6 ta ittifoq hududlarni tashkil qildi.

Bir tomondan bu mintaqaviy separatistik tendensiyalarning kuchayishiga ko‘maklashdi, boshqa tomondan esa, islohot bu tendensiyalarni zo‘ravon bo‘lmagan yo‘nalishga olib keldi, har holda, shtatlarning aksariyatida zo‘ravonlik kuzatilmadi. Hindistonning ko‘p milliyligi siyosiyga aylangan til muammosini ham vujudga keltirdi. hindiyni barcha uchun majburiy til sifatida kiritishga bo‘lgan harakatlar janubiy shtatlarning yarmida norozilikka sabab bo‘ldi, chunki ular shimoliy hindiy tilini «premitiv» til deb hisoblaydilar. Boshqa tomondan, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish manfaatlari davlat tili sifatida ingliz tili rolini saqlanib qolishini talab qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbek tilida:

1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९   

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५  

4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی  "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ،  ٢٠١٢

.8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨   مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر  "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13   محمد علی چراغ  "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام  آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed.  Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm