Muso Bolosog‘uniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muso Bolosog‘uniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis, faqih

Muso Bolosog‘uniy — (1112—1113 — yilda vafot etgan) muhaddis va faqih bo‘lgan.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Bolosogʻuniy Turkiy qadimgi turklar bilan chegaradosh Koshgʻar yoʻlidagi Bolosogʻun (hozirgi Toʻqmoq)da, Sirdaryo (Sayxun) ortida tu‘ilgan. Fiqh ilmini Bagʻdodda qozi Abu Abdulloh Damgʻoniydan oʻrgangan, hanafiylardan boʻlgan, soʻngra Shom (Suriya)ga koʻchib borgan, u yerda Baytu-l-Muqaddas (Ierusalim) qozisi, soʻngra esa Damashq qozisi bo‘lib xizmat qilgan. Muso Bolosog‘uniyning odob-axloqi, oʻzini tutishi koʻplarga maʼqul kelmagan. Hadis ilmini Qozi Damgʻoniydan oʻrgangan, shariatda Abu Hanifa maktabi (mazhabi)ning ashaddiy muxlisi bo‘lib, shofiʼiylar maktabiga nisbatan yomon soʻzlar aytar edi. Qurʼoni karim bilimdonlaridan biri Abulqosim shohidligiga koʻra: "Men Abulhasan ibn Kubays, uni (yaʼni, Bolosogʻuniyni) qanday qoralaganini eshitganman. Zero, u odatda aytar ekan: „Agar davlat va jamiyatning irodasi va boshqaruvi mening qoʻlimda boʻlganida shofiʼiy tarafdorlaridan hatto, jizya ham olgan boʻlar edim[1].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alloma 1112—13 yilda Damashqda vafot etgan.




Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ёқут Ҳамавий. Муъжаму-л-булдон. Ж.1.