Mushtoq Shahrisabziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mushtoq Shahrisabziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir

Mushtoq Shahrisabziy — shoir.

Qoʻqon xoni Amir Umarxon davri shoirlarining peshqadami boʻlgan Abdulkarim Fazliy Namangoniy oʻzining “Majmuai shoiron” asarida Mushtoq Shahrisabziy haqida maʼlumot bergan. Fazliy Mushtoq Shahrisabziyni tabʼi raso shoir deb taʼriflaydi. Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi kutubxonaning Sharq qoʻlyozmalari boʻlimida “Majmuai ashʼor” deb nomlangan bayoz saqlanmoqda. Undan Shahrisabz adabiy muhitining taniqli vakili – Mushtoq Shahrisabziyning ham bir necha gʻazali oʻrin olgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: Dor al-fikr, 1998.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 797.