Murod Nazarov
| Murod Nazarov Мурад Назаров | |
|---|---|
| Murodjon Nazarov | |
|
| |
| Tavalludi |
16-noyabr 1980-yil |
| Fuqaroligi | O'zbekiston |
| Taʼlimi |
|
| Millati | o'zbek |
| Turmush oʻrtogʻi | Umida Nazarova |
| Bolalari | 14 nafar |
| Mukofotlari |
|
| Veb-sayti | mbc.uz |
Murod Nazarov – oʻzbekistonlik tadbirkor. Murad Buildings qurilish kompaniyasi asoschisi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murod Nazarov 16-noyabr 1980-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Murod Nazarov oilada katta oʻgʻil boʻlib,1994-yil otasidan ayriladi. Murod Nazarov 1987—1997-yillar oraligʻida oʻrta maktabda oʻqiydi[2]. Oʻrta maktabni tugatgach, 1997—2001-yillarda Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutiga talabalikka qabul qilinadi va shu 2000-2001 yili bir vaqtning oʻzida Yaponiyaning TSUKUBA universitetida ham oʻqiydi. 2003-2005 yillar Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini magistraturasini ham tamomlaydi. U Kelgusida Samarqand viloyatida keng koʻlamli ish olib bormoqchi Sobit akasi bilan[3].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murod Nazarov oilali, 14 nafar farzandning otasi. Turmush oʻrtogʻi Umida Nazarova bilan 2002-yilda turmush qurgan va 3 qiz 2 oʻgʻil farzand koʻrgan. 2021-yilning soʻnggi kunlarida Nazarov Toshkent shahridagi,,Mehribonlik uyi" dan 9 nafar (2 oʻgʻil 7 qiz) bolani oʻz tarbiyasiga oldi. Murod Nazarov hozirda 14 nafar farzandlarning baxtli otasi. Uning ish faoliyatida eng muhim shaxs Sobit akasi boʻlib uning ustozi ham hisoblanadi[4].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2003—2013-yil „ISA NABI“ MCHJ taʼsischisi va bosh direktori.
- 2010—2015-yil „AVALON GROUP“ MCHJ taʼsischisi va direktori
- 2014 „Murad Buildings“ brendi taʼsischisi va mazkur brend ostida faoliyat olib boruvchi qator kompaniyalarning bosh maslahatchisi[5].
- 2015-yil „FRANCHISING INVEST“ MCHJ taʼsischisi va direktori[6].
- 2017-yil „MURAD BUILDINGS“ xususiy korxonasi taʼsischisi va direktori.
- 2019-yildan Toshkent shahar kengashi deputati.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2011-yil "Oʻzbekiston Mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishoni.
- 2017-yil "Oʻzbekiston" koʻkrak nishoni.
- 2017-yil „Shuhrat“ medali.
- 2020-yil „Mehr-Saxovat“ koʻkrak nishoni.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Murod Nazarov: „Hayotim poydevorini yoshlikdan qurganman“
- ↑ „Youtube“.
- ↑ Nazarov’ning boyligi qancha?savol-javob.com
- ↑ Murod Nazarov Mehribonlik uyidan 9 nafar qiz asrab oldiqalampir.uz
- ↑ „Korxona haqida maʼlumot“. 16-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-may 2019-yil.
- ↑ firm to build Central Asiaʼs tallest skyscraper[sayt ishlamaydi]