Murod Kamolov
| Murod Kamolov | |
|---|---|
|
| |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Musa Yerniyazov |
| Vorisi | Amanbay Orinbayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
24-avgust 1955-yil Nukus |
| Maʼlumoti | KGB oliy maktabi |
| Unvoni | Polkovnik |
Kamolov Murod Qallibekovich (1955-yil 24-iyun, Nukus) — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston davlat arbobi, 2020-yildan 2022-yilgacha Qoraqalpogʻiston Joqorgʻi Kenesining raisi va ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Senati raisining oʻrinbosari boʻlgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murat Kamolov 1955-yil 24-iyunda Nukusda tugʻilgan[1].
1977-yilda SSSR KGB oliy maktabini tugatgan[2].
1987-1990 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining kichik ilmiy xodimi[3].
1990-1991 — „Konsul“ diplomatik va boshqa unga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalarga xizmat koʻrsatish tashkilotining bosh mutaxassisi.
1991-1996-yillarda — Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi huzuridagi „Qoraqalpoqintorg“ xorijiy mamlakatlar bilan biznes hamkorlik assotsiatsiyasining Toshkentdagi vakolatxonasi direktori.
1996—2010 — Toshkentdagi „Stellar“ unitar korxonasi rahbari.
2010—2018 — „Huquqiy biznes ham konsalting agentligi“ yuridik firmasining maslahatchisi[4].
2018—2020 — Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpogʻiston boʻyicha boshqarmasi boshligʻi[5].
2020-2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi kenges raisi. Qoraqalpogʻistondagi namoyishlardan soʻng, 2022-yil 26-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan sessiyada vazifasidan ozod etildi. Murod Kamolov oʻrniga Amanbay Orinbayev Joʻqorgʻi kenges raisi etib tayinlandi[6].
Murat Kamolov — Oʻzbekiston Kompartiyasi Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1963-1984) Qallibek Kamolovning oʻgʻlidir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/02/kamalov/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/21/murat-kamalov/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/21/murat-kamalov/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/02/kamalov/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/02/kamalov/
- ↑ „Murat Kamalov Jo‘qorg‘i Kenges raisligidan ketdi. Uning o‘rnini Amanbay Orinbayev egallaydi“ (2022-yil 26-avgust). Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.
