Amanbay Orinbayev
| Amanbay Orinbayev | |
|---|---|
|
| |
|
Mansab davri 2022-yil 26-avgust | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Murod Kamolov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1979-yil 17-sentyabr Kegeyli tumani |
| Mukofotlari |
|
Amanbay Orinbayev — (qoraqalpoqcha: Orınbaev Amanbay Tilewbay ulı, 1979-yil 17 sentyabrda Kegeyli tumanida tugʻilgan) 2022-yil 26-avgustdan boʻshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenges raisi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1979-yil 17-sentyabrda Kegeyli tumanida tugʻilgan, millati qoraqalpoq.
1996—1998 — Kegeyli tumani qurilish-montaj boshqarmasi ishchisi.
1998—2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.
2002—2003 — Kegeyli tumani ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash guruhining tezkor vakili.
2003—2004 — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistranti.
2004—2006 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi tezkor vakili, katta tezkor vakili.
2006—2009 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspeksiyasi tezkor vakili.
2009—2011 — O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi tinglovchisi.
2011—2012 — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik taʼminlash boshqarmasi katta yuridik maslahatchisi.
2012—2014 — Amudaryo tumani ichki ishlar boʻlimi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i.
2014—2016 — Amudaryo tumani ichki ishlar boʻlimi boshlig‘i.
2016—2017 — Nukus shahar ichki ishlar boʻlimi boshlig‘i.
2017—2019 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i.
2019—2020 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining jamoat tartibini muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari.
2020—2021 — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Jamoat tartibini muhofaza qilishni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i.
2021—2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i.
2022—2022 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri.
2022—2022 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining ekologiya va Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.
2022-yil 26-avgustda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi etib tayinlandi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 17-sentyabrda tugʻilganlar
- 1979-yilda tugʻilganlar
- Kegeyli tumanida tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Nukuslik kishilar
- Yashayotgan insonlar
- Qoraqalpogʻiston respublikasi joʻqorgʻi kengesi raisi
- Qoraqalpogʻiston siyosatchilari
- Oʻzbekiston senatorlari
