Munozara:Ohm qonuni

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Oʻzbekcha Vikipediyada kishi ismlari asliday yozilishi boʻyicha kelishilgan. Bu maqola nomi esa ismni anglatmaydi. Shunday ekan maqola nomi shunday qolish taklifini beraman, @Laziz Baxtiyorov, @Kamol Azzam. Muzaffar Murodovichmunozara 12:02, 5-May 2023 (UTC)[javob berish]

Qonun asoschisi Georg Ohm. Lekin „Ohm qonuni“ xuddi Georg Ohmning shaxsiy qonuni deganday boʻlmoqda. Bu mening shaxsiy fikrim. Muzaffar Murodovichmunozara 12:06, 5-May 2023 (UTC)[javob berish]
Bu fikr gʻayritabiiy tuyulmayaptimi? Agar shunday boʻlsa, „Miranda qoidasi“ desak, Miranda yaratgan qoida demoqchi boʻlamizmi? Bu mantiq boʻyicha „Joul“, „Paskal“, „Amper“ deb nomlangan kuch birliklari familiya egalarining qiymat birligimi? Yoki „Streisand effekti“ aynan Barbara Streisandning effekti mazmunida boʻladimi?Kamol Azzam (munozara) 13:07, 5-May 2023 (UTC)[javob berish]
Maqola nomi xuddi Nyuton halqasi, Nyuton suyuqligi kabi maqolalardek.
  1. Nyuton halqasi bu Isaac Newtonning uzukka oʻxshash qanaqadir buyumini anglatmaydi.
  2. Nyuton suyuqligi esa Isaac Newtonga tegishli suyuqlini anglatmaydi.
Muzaffar Murodovichmunozara 12:11, 5-May 2023 (UTC)[javob berish]
Shu oʻrinda yana qoʻshimcha.
Volt-amper harakteristikasi shunda Alessandro Volta hamda André-Marie Ampèrelarning harakteristikasini anglatadimi? Bunday misollar koʻp.
Oʻzim fizika boʻyicha chuqur taʼlim olganman va VP:MNKIni ham toʻliq oʻqiganman. Fikrimcha, asliday qolishi kerak. Muzaffar Murodovichmunozara 12:22, 5-May 2023 (UTC)[javob berish]
Agar masalan Georg Ohmning yozgan kitoblari roʻyxati, oʻlimi haqida maqola boʻlsa, ismini albatta asliday qoldirish kerak. Georg Ohmning kitoblari roʻyxati, Georg Ohm oʻlimi kabi. Muzaffar Murodovichmunozara 12:28, 5-May 2023 (UTC)[javob berish]

oʻzgartirish[manbasini tahrirlash]

Agar yuqoridagi gaplarim oʻz tasdigʻini topmasa, Nyuton (oʻlchov birligi), Nyuton binomi, Nyuton halqasi, Nyuton suyuqligi, Volt, Volt-sekund, Volt-amper, Volt-amper harakteristikasi, Rentgen nurlari, Rentgen apparati, Gers kabi maqolalarni koʻchirib chiqish taklifini beraman. Muzaffar Murodovichmunozara 12:41, 5-May 2023 (UTC)[javob berish]