Om Georg Simon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Georg Ohmdan yoʻnaltirildi)
Om Georg Simon
Tavalludi 16-mart 1789[1][2]
Vafoti 6-iyul 1854[2]
Fuqaroligi Kingdom of Bavaria

OM (Ohm) Georg Simon (nemischa: Georg Simon Ohm; 1787.16.3, Erlangen — 1854.7.7, Myunxen) — nemis fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1842-yildan). Erlangen universitetini tugatgan (1806). Nyurnberg (Germaniya) politexnika maktabi (1833-yildan), Myunxen universiteti (1849-yildan) professor. Ilmiy ishlari elektr, optika, kristallooptika hamda akustikaga oid. Elektr zanjirini kashf qilgan. Shu zanjirning eng muhim harakteristikalaridan biri — oʻtkazgichlar qarshiligi ekanligini koʻrsatib, qarshilik tushuncha-sini fanga kiritgan. Elektr tokining asosiy qonuni (qarang Om qonuni)np yaratgan. Elektr qarshilik birligi — Om uning nomi bilan ataladi.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil