André-Marie Ampère
André-Marie Ampère | |
---|---|
Tavalludi | 20-yanvar 1775[1][2][3][4][5][6][7] |
Vafoti | 10-iyun 1836[8][5][7] |
Fuqaroligi | Fransiya[9] |
Onasi | Jeanne Antoinette de Sarcey |
André-Marie Ampère (1775.22.1, Lion -1836.10.6, Marsel) – fransuz olimi, elektrodinamika asoschilaridan biri, Parij fanlar akademiyasi a’zosi (1814), Parijdagi Normal maktab professor (1824). 1820-yilda elektr toklarining oʻza-ro mexanik ta’siri (Amper qonuni)nn kashf qilgan, tok ta’sirida magnit mi-lining ogʻish yoʻnalishini aniqlaydigan "Qalqovich qoidasi"ni (qarang Amper qoidasi) ta’riflab bergan, magnitlarning oʻzaro ta’siri aylanma elektr to-klarining oʻzaro ta’siridir degan (mod-dalarning magnit xossalarini tushunti-ruvchi) gipotezani taklif qilib, magne-tizmning dastlabki nazariyasini yarat-gan. Elektrodinamika haqidagi nazariyalari "Tajribadan keltirib chiqarilgan elektrodinamik hodisalar nazariyasi" (1826–27) asarida tavsiflangan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |