Muhammad al-Xujandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Xujandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1090-yil (hijriy 483-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi voiz, faqih, muhaddis, usul al-fiqh bo‘yicha yetuk olim

(Abu Bakr) Muhammad ibn Sobit ibn al-Hasan ibn Ibrohim al-Xujandiy, ash-Shofiʼiy (hijriy 483-yil zulqaʼda oyi (milodiy 1090-yil)da vafot etgan) — voiz, faqih, muhaddis, usul al-fiqh boʻyicha yetuk olim boʻlgan. Isfahonga kelib, shu yerda muqim istiqomat qilgan. Abu Sahl al-Abivardiy huzurida faqih boʻlib yetishgan. Jamoadan hadis tinglagan va oʻzi ham jamoaga hadis aytib bergan. Shu yerda madrasani tugatib, dars bergan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ravzatu-l-manozir“ („Munozaralar boʻstoni“);
  • Zavohiru-d-durar fi naqdi javohiri-n-nazar“ („Nazar javohirlarini bartaraf etishdagi durlar guldastasi“)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 145 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.