Muhammad al-Xorazmiy (Shamsuddin)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Xorazmiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1424-yil (hijriy 827-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, rassom, nahvshunos va olim

Muhammad ibn Isʼhoq al-Xorazmiy (hijriy 827-yil (milodiy 1424-yil)da 60 yoshdan oshganda vafot etgan) — faqih, rassom, nahvshunos, ilm-fanning turli sohalarida faoliyat olib borgan olim. Makkada turgan va u yerda hanafiy maqomdagi imom oʻrniga noiblik qilgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Musannaf fi fazoili Makka va-l-Kaʼba“ („Makka va Kaʼbatulloh fazilatlari haqida kitob“), muallif ushbu asarni „Osoru-t-targʻib va-t-tashviq ila-l-masojidi-s-salosati val-bayti-l-atiq va manosik“ („Uch masjid, baytulloh va manosik, yaʼni diniy, shu jumladan, haj amallari oʻtkaziladigan joylarga targʻib va tashqiq qiluvchi asarlar“) deb nomlagan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 150 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.