Muhammad al-Ustrushaniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Ustrushaniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 953-yil (hijriy 342-yil)
Vafoti milodiy 1016-yil (hijriy 407-yil)
Dini Islom

Muhammad ibn Hasan ibn Muhsin al-Ustrushaniy (953-yil, Ustrushana — 1016-yil) — faqih. 953-yilda Ustrushanada tavallud topgan. U fiqh ilmidan tahsil olish maqsadida 976-yili 23 yoshida Bagʻdodga borib, u yerda shayx as-Saymariy va bosh qozi Abu Abdulloh ad-Domigʻoniylarga shogird tushgan. U tahsil olib boʻlganidan soʻng Baytul Muqaddasga borib, u yerda muqim yashab qoladi. Umrining oxirida yana Bagʻdodga qaytib kelib, 1016-yili oʻsha yerda vafot etgan. Uning oʻgʻli Iroqning Mosul shahri yuqorisida joylashgan kurdlarning Fanak nomli qalʼasida qozi boʻlgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Renessans olimlari qomusi (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 152 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.