Muhammad al-Qallosiy (Abu Bakr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Qallosiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1027-yil (hijriy 418-yil)
Vafoti milodiy 1092-yil (hijriy 485-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadisshunos

Muhammad ibn Muhammad ibn Nasr … ibn Mahdiy ibn Vosil al-Qallosiy (hijriy 418-yilning zulhijja oyi (milodiy 1027-yil)a tugʻilib, hijriy 485-yil zulhijja oyining 18-sanasi chorshanba kuni Nasaf (milodiy 1092-yil)da vafot etgan) — Abu Tohirning o‘g‘li bo‘lib, fiqh ilmini Samarqandda egallagan. U ko‘plab olimlardan hadislar rivoyat qilgan, undan ham talay olimlar rivoyatlar keltirganlar[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 125 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.