Muhammad al-Koshoniy (Koshon)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Koshoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1837-yil (hijriy 1252-yil)
Vafoti milodiy 1907-yil (hijriy 1325-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi voiz

Muhammad ibn Ali ibn Mahdiy al-Aruniy al-Koshoniy Koshonning qishloqlaridan biri (hijriy 1252-yil (milodiy 1837-yil)da tavallud topib, 1325-hijriy yil (milodiy 1907-yil)da vafot etgan) — Arunda tavallud topgan. Dastlabki maʼlumotini o‘z qishlog‘idagi olimlardan va otasidan olgan. So‘ngra Iroqqa ko‘chib o‘tib, u yerda Muhammad al-Asirvoniy va boshqalardan saboq olgan. Keyin o‘z qishlog‘i — Arunda muqim yashab, odamlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan, vaʼz va irshod qilish bilan shug‘ullangan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Aroisu-l-ahkom fi sharhi-l-Alfiyati li-shahid“ ("Shahid qa�lamiga mansubal-Alfiyaasarining sharhiga oid hukmlarning ziynatlari");
  • Hoshiyatu-l-qavoniyn“ („Qonunlarga hoshiya-izoh“);
  • Hoshiyatu-r-rasoil“ („Risolalarga hoshiya-izoh“);
  • Sharhu-d-durra li Mahdiy „Bahru-l-ulum“ (Mahdiyning nodir asari „Bahru-l-ulum“ga sharh");
  • Kashfu-l-qanoʻ fi ahkomi-r-rizoʻ“ („To‘ydiradigan hukmlar haqida qanoatli asar“);
  • Risola fi-lijtihod va-t-taqliyd“ („Ijtihod va taqlid haqida risola“);
  • Risola fi asli-l-baroati“ („Begunohlikning asosi haqida risola“) kabilarni keltirish mumkin[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 127 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.