Muhammad al-Koshgʻariy (Abu Abdulloh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Koshgʻariy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1306-yil (hijriy 705-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, mufassir, sufiy, voiz, lug‘atshunos va nahvshunos olim

Muhammad ibn Ali al-Koshg‘ariy (Muvazzaʼ sohilida hijriy 705-yil (milodiy 1306-yil)da vafot etgan) — faqih, mufassir, sufiy, voiz, lug‘atshunos va nahvshunos olim bo‘lgan. Makkada yashagan, so‘ngra Yamanga kelib, bir muddat Taʼizda turgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Majmaʼu-l-g‘aroib va manbaʼu-l-ajoib“ („G‘aroyib narsalarning to‘plami va ajoyib narsalarning manbai“, to‘rt jildli);
  • Toju-s-saodat“ („Baxt-saodat toji“);
  • hanafiy furuʼ fiqhiga oid „G‘unyatu-l-mubtadiy“ („Boshlovchiga kifoya kitob“);
  • ilm istagan tolibi ilmlarga atab yozgan „Tilbatu-t-talaba“ („Toliblarga zarur kitob“);
  • Ibn al-Asir al-Javziy (vafoti: 630-hijriy yil) nomi bilan mashhur bo‘lgan shayx Izzuddin Ali ibn MuhammadningAsadu-l-g‘ubba fi maʼrifati-s-sahoba“ („Sahobalar haqidagi bilimlardan bir shingil“) kitobi — 128 ning muxtasar va xulosasi, unda 7500 tarjima zikr etilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 127 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.