Muhammad Sharif savdogar madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Muhammad Sharif savdogar madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Muhammad Sharif savdogar
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Muhammad Sharif savdogar
Asosiy sana:
1777-yil
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 92 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Muhammad Sharif savdogar madrasasiBuxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Muhammad Sharif savdogar madrasasi 1777-yilda Gʻoziyon guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Doniyolbiy davrida, Muhammad Sharif savdogar tomonidan bunyod etilgan. Ushbu madrasa toʻrtinchi darajadagi oliy toifaga mansub boʻlib, Buxorodagi eng mashhur madrasalardan biri hisoblangan. Abdurauf Fitrat maʼlumotlariga koʻra ushbu madrasaning yillik mablagʻi 60 ming tangani tashkil etgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ushbu madrasada sovet davriga qadar dars oʻtilgan. Vaqf hujjati maʼlumotiga koʻra Muhammad Sharif savdogar pishiq gʻishtdan koʻp hujrali va xom gʻishtdan sinchli alohida kichik madrasa bunyod ettirgan. Muhammad Sharif savdogar ushbu madrasa uchun Koʻli Malik mavzelari, Xayrabod, Komi Abu Muslim, Qorakoʻl, xazrati Ubbon uchun 5 ming tanobdan ortiq yerni vaqf qilgan. Manbalarga koʻra Muhammad Sharif savdogar ashtarxoniy Abulfayzxon davrida va keyingi davrlarda katta savdogar boʻlib, u Shayx Hazrati Imloning muridi boʻlgan. Madrasa qurilishi bilan bogʻliq bir qator rivoyatlar ham mavjud. Rovoyatlarga koʻra, Muhammad Sharif bir koʻzacha oltin topib olgan va uni ustoziga olib borgan. Ustozi u oltinni olmaydi va muridiga bu boylikni biror ishga sarflashni maslahat beradi[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 92 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3]. Muhammad Sharif savdogar madrasasi 92 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet. 
  3. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122 bet.