Kontent qismiga oʻtish

Monza

Koordinatalari: 45°28′0″N 9°16′0″E / 45.46667°N 9.26667°E / 45.46667; 9.26667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Monza
Shahar
Skyline of Monza
45°28′0″N 9°16′0″E / 45.46667°N 9.26667°E / 45.46667; 9.26667
Mamlakat Italiya
Telefon kodi +39039
Monza xaritada
Monza
Monza

Monza ( italyancha: Monza, mahalliy Monscia, lotincha: Modicia, Modoetia, st. nemischa: Montsch ) - Italiyadagi shahar, Milan shahri chekkasida, Lambro daryosi bo'yida joylashgan shahar.

Monza - Lombardiyaning beshta yirik shaharlaridan biri bo'lib, Monza e Brianza provinsiyasining ma'muriy markazi hisoblanadi.

Monza tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi Modizia 6- asrgacha, Lombard qirolichasi Teodelinda bu erda saroy qurib, monastirga asos solguniga qadar qishloq bo'lib kelgan. O'rta asrlarda Monza vaqti-vaqti bilan Milandan mustaqil bo'lishga harakat qilgan. 1396-yilda Monzada 5 ballga yaqin zilzila sodir bo'lgan[1].

Italiya urushlari paytida shahar bir necha marotaba qamallarga dosh bergan va Charlz V qo'shinlari tomonidan vayron qilingan. 1900-yilda qirol Umberto I

Arxitektura yodgorliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 595-yilda qirolicha Teodolinda tomonidan asos solingan kafedral sobor bazilikasi (Duomo[2]). Hozirgi cherkov binosining qurilishi 1300-yilda Viskonti oilasi tashabbusi bilan boshlangan va 1741-yilda yakunlangan. Unda 1592-yildan 1606-yilgacha qurilgan kampanila va Matteo da Kampione tomonidan ishlangan oq va yashil marmar fasad (1390-yildan 1396-yilgacha qurilgan) alohida ajralib turadi. Sobor muzeyida[3] Teodolinda va boshqa o'rta asr hukmdorlari davridan qolgan yodgorliklar, shuningdek, 1805-yilda Milanda Napoleon Bonapartga toj kiyish marosimi uchun ishlatilgan Italiyaning temir toji mavjud.
  • Lombard g'ishtli gotika uslubidagi ko'plab o'rta asr cherkovlari va ibodatxonalari mavjud. Go'zal terakotali fasadli Santa Mariya in Strada cherkovi (1393) shular jumlasidandir.
  • Qirollik Villasi - 1777-80-yillarda uyg'onish klassitsizmi uslubida Juzeppe Piermarini loyihasi asosid Milan gertsogi unvoniga sazovor bo'lgan avstriyalik ertsgertsog Ferdinandga atab qurilgan. Yevgeniy Bogarne Italiya vitse-qiroli bo'lgach, ushbu saroyga ko'chib o'tadi. Shundan song' Ertsgertsog Villasi Qirollik Villasi deb nomlana boshlaydi. Hozirgi kunda saroyda badiiy ko'rgazmalar o'tkaziladi.
  • Ratusha (Arengario) 13-asrga oid yodgorlik.

Madaniyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kapitulyar kutubxonasi oʻzining oʻrta asr qoʻlyozmalari va ilk bosma kitoblar toʻplami bilan mashhur. 1500-yilgacha boʻlgan 176 qoʻlyozma orasida Papa Gregorining Teodelindaga yoʻllagan maktubi (603), Toursga taluqli Alkuin Injil nusxasi (9-asr oʻrtalari), Berengar qoʻlyozmalari, liturgik qoʻshiqlar kitoblari, shular jumlasidandir.

Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Monza Avtodromi afsonaviy avtopoyga treki bo'lib, uzoq vaqt davomida dunyodagi eng tezkor deb hisoblanardi. Bu yerda Formula 1, Italiya Gran-prisi kabi turnirlar o'tkaziladi.
  • FK Monza - Italiya A Seriyasida o'ynaydigan futbol klubi.

Taniqli shaxslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Juzeppe Longi (1766-1831) - italiyalik o'ymakor usta va yozuvchi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Монца // Многоножки — Мятлик. — М. : Советская энциклопедия, 1954. — С. 264. — (Большая советская энциклопедия : [в 51 т.] / гл. ред. Б. А. Введенский ; 1949—1958, т. 28).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]