Mollo madanyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boliviya Altiplanosidan koʻrinib turganidek, Kordilyera Real choʻqqilari.

Mollo madaniyati — Boliviyaning altiplano hududida eramiz davrida Tiwanaku madaniyati qulagandan keyin mavjud boʻlgan hudud. 1000 dan 1500 gacha boʻlgan hududni oʻz ichiga qaram olgan, Inka tsivilizatsiyasidan oldin paydo boʻlgan[1]. Mollo mahalliy va qishloq arxitekturasida kech Tiwanaku madaniyati bilan davomiylikni koʻrsatgan boʻlsa-da, ular hech qanday piramidalar qoldirmagan[2]. Mollo yaguarga sigʻinib kelgan edi. 

Arxeologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Molloning eng yaxshi timsollaridan biri Titikaka koʻlining shimoli-sharqidagi Iskanvayadagi xarobalardir, Kordilyera Realda, 250 metr (820 ft) Rio Llica tepasida (15°21′S 68°32′W / 15.350°S 68.533°W / -15.350; -68.533 (Iskanwaya) G O). Munekas provinsiyasidagi Iskanwaya 325 kilometr (202 mi) La Pazdan, Boliviya. 1145-yildan 1425-yilgacha qurilgan shahar platformalarda qurilgan va oqar suvi bilan ajralib turardi. Yuzdan ortiq binolar, koʻchalar va maydonlar hali hanuz ham saqlanib qolgan[3]. Mollo koʻchalari sharq-gʻarbiy yoʻnalish qismida choʻzilib ketgan. Ularning uylari toʻrtburchak shaklida boʻlib, verandalar yaʼni (karidorga oʻxshash kiraverishning ochiq qismi boʻladi oʻshani veranda diyishadi) atrofida guruhlangan edi[1]. Qishloq xoʻjaligining namunalari terraslash va sugʻorish kabilarni oʻz ichiga olgan[4].

Piniqo va Khargi kabi boshqa Mollo saytlari Iskanwaya bilan bir xil turar-joy xususiyatlarini namoyish etadi[4], Vaman bir xil teras naqshli eski qishloq xoʻjaligi muassasasidir[5]. Hozirgi Chorazani qishlogʻi Mollo arxeologik yodgorliklarini Mallku Janalaya xarobalari sifatida oʻz ichiga oladi[6].

Etnografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Titikaka koʻli yaqinidagi chulpa, Peru.

Kallawaya xalqi, sayr qiluvchi tabiblar guruhi sanalgani bois, ular Mollo madaniyatiga mansub boʻlgan edi.

Mollo oʻzlarining keramikalari bilan aniqlangan ekan. Poyafzal qozonlari, qabr qozonlari, vazalar va suvga choʻmiladigan idishlar topilgan va ular oddiy yoki qizil loyga qora va oq rangga boʻyalgan holatda merosi sifatida topilmalari topilgan. Ular oʻrnatilgan somon bilan noyob ichimlik idishini yaratgan. Ushbu sopol buyumlarning baʼzilarini qiziqish bildirsangiz bugungi kunda Pragadagi Náprstek muzeyidan ham topishingiz mumkin[7].

Dafn etilgan toʻldira boʻlgan, kattalarning qabrlari tosh yoki taxtadan yasalgan choʻlpa minoralariga qoʻyilgan, goʻdak skeletlari esa uy pollari ostidagi qabrlarda topilgan edi, bu esa ularning farqli ravishda katta va kichiklarga ajratib koʻmilganidan salomat beradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Shaw, I.. A Dictionary of Archaeology. Blackwell Publishing, 2002 — 309 bet. ISBN 0-631-23583-3. 
  2. Pyburn. „LATE INTERMEDIATE, CHIMU AND OTHER STATES: A.D. 900 – 1450“. Indiana University Bloomington (20-yanvar 2005-yil). 3-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.
  3. „Ruins of Iskanwaya“. climbingsouthamerica.com. 19-yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  4. 4,0 4,1 Bruhns, Karen Olsen. Ancient South America. Cambridge University Press, 1994 — 311 bet. ISBN 0-521-27761-2. „mollo culture.“ 
  5. „The route of 1911 from La Paz to Pelechuco and Apolo“. phfawcettsweb.org.
  6. „Apolobamba“. bolivianmountains.com. 23-oktyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-oktabr 2008-yil.
  7. Klápstová. „Non-European ethnographical collections in central and eastern Europe“. The Czech National Museum (26-mart 2004-yil). 18-dekabr 2005-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-oktabr 2012-yil.