Ehrom (bino)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ehrom — keng maʼnoda ibodatgoh binosi; Misr meʼmorligida toʻgʻri piramida (baʼzan zinapoya yoki minorasimon) shaklidagi monumental inshoot; asosan qadimiy dunyoga xos boʻlgan. qadimiy Misr firʼavnlarining maqbaralari (taxminan miloddan avvalgi 2800 — 1700) E. deb atalgan (qarang Giza). Misr E.larining eng yirigi — Gizadagi Xeops E.idir (balandligi 146,6 m, miloddan avvalgi 28-asr), E. tipidagi inshootlar Markaziy va Janubiy Amerika (milodiy 1-ming yillik)da ham bunyod etilgan, qadimiy Rim va Yevropa sanʼatida E. kabi memorial inshoot turlari (ibodatxonalarning poydevori va boshqalar)da qoʻllanilgan.