Tiauanako

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tiauanako (Tiahuanaco) — Shimoliy Boliviyadagi indeyslar shahar xarobasi va arxeologik madaniyati (mil. av. 1ming yillik oxiri — mil. 1ming yillik). T. madaniyatining markazi Titikaka koʻlidan jan.sharqsa joylashgan; bu yerdagi shahar xarobasi (maydoni 40 ga)dan turar joy kvartallari, bazalt va qumtoshdan yasalgan binolar, jumladan, bal. 15 m lik Akapapa exromi, Kalasasayya ibodatxona majmuasi, maʼbud va u tomon chopib kelayotgan afsonaviy maxluqlar tasviri tushirilgan friz (piramon)li "Quyosh Darvozasi", "Sarkofaglar Saroyi" va boshqa binolar xarobalari saqlangan. T.dan, shuningdek, tosh haykallar, rangli sopol idishlar va boshqa topilgan. T. madaniyatini yaratuvchilar Peruning markaziy qismi qabilalari bilan qardosh boʻlganlar. Ular dehqonchilik, lama boqish bilan shugʻullanganlar. T. madaniyati And viloyatining qad. sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatgan. Mil. 1ming yillik oxirida T. barham topib uning hududini hozirgi aymara indeyslarining ajdodlari egallagan.