Moʻyinqum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MoʻyinqumQozogʻiston janubidagi Chuy va Talas daryolari quyi oqimidagi qumli choʻl. Uning janubi-gʻarbida Qirgʻiziston va Qoratogʻ tizmalari koʻtarilgan. Sharkdan gʻarbga 540 km, shimolidan jan.ga 150 km.ga choʻzilgan. Umumiy maydoni 4 mln.ga. Yer yuzasi janubi-sharqsan (700 m) shimoli-gʻarb tomon (110 m) pasayib boradi. Tektonik jihatdan Chuy sineklizasida joylashgan. Qumning qalinligi 20–40 m, ostida boʻr va paleogenning dengiz yotqiziklari mavjud. Qumlar eotsen davri qumtoshlarining yemirilishi va Chuy daryosi olib kelgan allyuvial yotqiziqlarning shamollar taʼsirida uyilishi va qayta yotqizilishi natijasida tarkib topgan va hozirgi relyef shakllari (marzali, doʻng va boshqalar) vujudga kelgan. Marzali qum shakllari (balandligi 10 m gacha) koʻproq tarqalgan, ular orasida kichik koʻllar uchraydi. Iqlimi moʻʼtadil-kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —8°, minimal temperatura —49° ga yetadi. Iyulniki 22—30°. Eng yuqori temperatura 38—40°. Yogʻin miqdori gʻarbiy va markaziy qismlarida 250 mm, sharqida 300 mm. Grunt suvlari sathi 5–25 m pastda, baʼzi joylarda buloq sifatida yer yuzasiga chiqadi. Oʻsimliklardan, qum relyefining murakkabligi va grunt suvlarining joylashishiga qarab, oq va kora saksovullar, juz-gʻun, quyonsuyak, astragal, chalov, teres-ken, shuvoq, yulgʻun, chingil, rang, shoʻra, qamish, bugʻdoyiq oʻsadi. Choʻl oʻsimliklarining turli-tumanligi sababli yaylovlarning mahsuldorligi yuqori. M. yaylov sifatida foydalaniladi, saksovul tayyorlanadi. Grunt suvlari yer yuzasiga yaqin yerlarda qisman dehqonchilik qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil