Kontent qismiga oʻtish

Miyon Burxonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miyon Burxonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1878-yil
Toshkent
Vafoti 1943-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek
Kasbi
  • din arbobi
  • muallim

Miyon Burxonov (1878-yil)da tugʻilgan – oʻzbekistonlik din arbobi, muallim.

Hayoti va mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miyon Burxonov Toshkent shahrida ziyoli xonadonda dunyoga kelgan. Dastlabki taʼlim-tarbiyani oilasida olgan. 1914-yilgacha Toshkent shahar Sebzor daha Kadiobod mahalla madrasasida tahsil olgan.

1914—1918-yillarda turli maktablarda oʻqituvchilik qilgan, 1918—1920-yillarda 28-son oʻrta maktabda mudir lavozimida ishlagan. 1925-yilgacha miyonlar avlodidan boʻlgani uchun ishdan chetlashtirilgan va ishsiz yurgan. „Ulamo“ jamiyati va „Milliy ittixod“ tashkiloti aʼzosi lavozimida ham ish yuritgan. 1925-yilda GPU tomonidan RSFSR JK 114 va 117 moddasi bilan ayblanib qamoqqa olingan va OGPU kollegiyasi hukmi bilan uch yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan va jazoni Solovetsk lagerida oʻtagan. Keyinchalik surgundan soʻng oʻz yerida dehqonchilik bilan shugʻullangan. Oʻratepa shahrida yashovchi ikkinchi oilasidan xabar olgani borgan. 1927-yilda oila xoʻjaligini tiklagan yil oxirida Toshkentga qaytgan Miyon Burhonov xavfsizlik xizmati manfaatiga xizmat qilishni xohlamagan. Shu sababli 1929-yil 6-noyabrda „Milliy ittihod“ tashkilotiga aʼzolikda ayblanib qamoqqa olingan va 1930-yil 28-mayda uch yilga konsentratsion lagerga surgun qilingan[1].

Jazo muddatini oʻtab qaytgach, Toshkent musiqali oʻyinchoqlar artelida toʻqqiz oy ishlash mobaynida Oʻratepadagi oilasi bilan birga yashaydi. 1932—1936-yillarda shahar kommunal xoʻjaligida bogʻbonlik qilgan. 1978-yilning 8-sentabrida Shahriston qishlogʻida aksil inqilobiy tashviqot olib borganlikda ayblanib qayta qamoqqa olingan. Undan soʻng NKVD uchligi tomonidan 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan. Surgunni Moskva, Leningrad, Sirdaryo, Murmansk va Solovetsk lagerlarida oʻtagan[2].

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1943-yil 18-mayda Solovetskdagi Kem shahrida vafot etgan. 1900-yil 8-sentabrida oqlangan.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ta'rixning noma'lum sahifalar“. n.ziyouz.com. Qaraldi: 23-iyun 2024-yil.
  2. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635 bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.