Mitroxin arxivi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
KGBning qilich va qalqon emblemasi. Vasiliy Mitroxin va Christopher Andrew birgalikda nashr etgan oltita kitobning muqovalarida joylashgan.

Mitroxin arxivi — bu KGB arxivchisi Vasiliy Mitroxin oʻttiz yil tashqi razvedka xizmatida hamda birinchi bosh boshqarmada KGB arxivchisi boʻlib ishlagan vaqt davomida noqonuniy olib chiqilib, qoʻlda yozilgan eslatmalar, birlamchi manbalar va rasmiy hujjatlardan yashirin ravishda tuzilgan arxiv toʻplami. Mitroxin 1992-yilda Buyuk Britaniyaga qochib ketishda arxivni oʻzi bilan oltita sandiqda olib kelgan. Uning qochib ketgani 1999-yilgacha rasman eʼlon qilinmagan[1].

MI5 rasmiy tarixchisi Christopher Andrew[2] arxivdagi materiallarga asoslanib, The Sword and the Shield (1999) (tarjimasi: Qilich va qalqon) hamda The World Was Going Our Way: The KGB and the Battle for the Third World (2005) (tarjimasi: Dunyo bizning yoʻlimizda ketmoqda: KGB va uchinchi dunyo uchun jang) nomli ikkita kitob yozgan. Kitoblarda Sovet Ittifoqining dunyo boʻylab koʻplab yashirin razvedka operatsiyalari haqida batafsil maʼlumot berilgan. Ular, shuningdek, MI6da qisqa karyeraga ega britaniyalik diplomat, tez-tez spirtli ichimliklar taʼsirida boʻlishi aytilgan Guy Burgess haqida ham maʼlumot beradi. Arxiv shuni koʻrsatadiki, diplomat 1945-yilning birinchi olti oyida KGBga kamida 389 ta oʻta maxfiy hujjat, 1949-yil dekabrida esa yana 168 ta hujjat bergan[3].

2014-yil iyul oyida Cherchill kolleji qoshidagi Cherchill arxiv markazi Mitroxinning rus tilidagi tahrirlangan yozuvlarini jamoatchilik tadqiqoti uchun ochdi[4][5]. Vasiliy Mitroxin yozgan original yozuvlar hali ham maxfiyligini yoʻqotmagan[6].

Arxivning kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasiliy Nikitich Mitroxin dastlab oʻz faoliyatini KGBning (xorijiy josuslik) birinchi bosh boshqarmasi maxfiy operatsiyalar boʻlimida boshlagan. Nikita Xrushchevning Maxfiy nutqidan soʻng Mitroxin KGBning mavjud tizimini tanqid qilgach, maxfiy operatsiyalardan arxivga oʻtkazildi. Yillar oʻtib, Mitroxin sovet tuzumidan koʻngli sovib bordi. Ayniqsa dissidentlar kurashi va 1968-yilda Varshava shartnomasi tashkilotining Chexoslovakiyaga bostirib kirishi voqealaridan soʻng Sovet tuzumini isloh qilib boʻlmaydi, degan xulosaga kelgach tobora koʻproq umidsizlikka tushdi[7].

1960-yillarning oxiriga kelib, Lubyanka binosidagi KGB shtab-kvartirasi tobora kengayib bordi. KGB raisi Yuriy Andropov Moskvadan tashqarida Yasenevoda birinchi bosh boshqarma hamda barcha xorijiy operatsiyalar direksiyasining yangi shtab-kvartirasi boʻlishi moʻljallangan bino qurishga ruxsat berdi. Oʻsha davrda arxiv boʻlimi boshligʻi boʻlgan Mitroxinga birinchi boshqarma direktori Vladimir Kryuchkov hujjatlarni kataloglash va yangi shtab-kvartiraga tartibli ravishda koʻchirishni nazorat qilish vazifasini topshirdi. Katta arxivni koʻchirish ishlari 1972-yildan 1984-yilgacha 12 yildan ortiq vaqt davom etdi[7][8][9].

Mitroxin hujjatlarni kataloglash vaqtida Kryuchkov va KGBdan yashirin ravishda hujjatlardan qoʻlda nusxa koʻchirib, juda batafsil yozuvlarni yozgan. Matnlarni oʻz dachasiga olib borib, pol taxtalari ostiga yashirgan. Mitroxin Sovet davrida Gʻarb razvedka xizmati bilan bogʻlanishga harakat qilmagan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng (1992-yilda) arxiv materiallari nusxalari bilan Latviyaga sayohat qilib, Rigadagi Amerika elchixonasiga boradi. Elchixonadagi Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari Mitroxinga ishonmagan hamda koʻchirilgan hujjatlar soxta boʻlishi mumkin degan xulosaga kelgan. Shundan soʻng Mitroxin Britaniya elchixonasiga boradi. Elchixonada yosh diplomat unga ishonch bildiradi. Oradan bir oy oʻtgach, MI6 vakillari bilan navbatdagi uchrashuvdan soʻng Mitroxinning uyida yashirilgan 1930-yillardagi operatsiyalarni qamrab olgan 25 000 sahifali fayllarni olish boʻyicha operatsiyalar boshlandi[7][8].

Matnlar mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mitroxin arxividagi yozuvlarda Sovet Ittifoqi qurollarining yarmidan koʻpi AQSh dizayniga asoslangani, KGB Henry Kissinger AQSh Davlat kotibi boʻlgan davrda telefonini tinglagani va AQShning deyarli barcha mudofaa pudratchi obʼektlarida aygʻoqchilar ishlagani aytiladi. Yozuvlarda aytilishicha, Fransiyadagi 35ga yaqin yuqori martabali siyosatchilar Sovuq urush davrida KGB uchun ishlagan. Gʻarbiy Germaniyada KGB asosiy siyosiy partiyalar, sud va politsiyaga qadar kirib kelgani aytilgan. Urush davrida AQSh, Kanada va boshqa mamlakatlarga, shu jumladan yashirin qurol omborlariga qarshi keng koʻlamli sabotajga tayyorgarlik koʻrilgan. Mitroxinning kitoblaridagi bir qancha daʼvolar politsiya tomonidan Mitroxin maʼlumotlariga tayangan holda olib tashlangan yoki yoʻq qilingan[10].

Fayllarda nomlari koʻrsatilgan taniqli KGB josuslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

KGB informatorlari yoki agentlari sifatida ayblangan Lotin Amerikasi rahbarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Christopher Andrewning taʼkidlashicha, Mitroxin arxivida bir nechta Lotin Amerikasi yetakchilari yoki chap qanot partiyalari aʼzolari KGB axborotchisi yoki agenti sifatida ayblangan. Masalan, SMOF rahbari Carlos Fonseca Amador KGB fayllarida „ishonchli agent“ sifatida tasvirlangan[17][18]. Nikolai Leonov 1968—1972-yillarda KGB Lotin Amerikasi departamenti direktor oʻrinbosari boʻlgan. 1998-yilda maʼruza oʻqib, oʻz maʼruzasida mazkur daʼvolarga zid bayonotlar bergan. Masalan, KGBga kommunistik yoki boshqa chap qanot partiyalaridan aʼzolar yollashga ruxsat berilmaganini aytgan[19].

Daniel Ortega KGB zobitlari bilan „norasmiy uchrashuvlar“ oʻtkazishga rozi boʻlgan[tekshirish uchun yetarlicha aniq emas]. U Nikolay Leonovga Sandinistlar harakatining (SMOF) maxfiy dasturini bergan. Dasturda SMOFning Kuba va Sovet bloki bilan ittifoqlikda Markaziy Amerikada sinfiy kurashga rahbarlik qilish niyati bayon etilgan[20]. Biroq, Leonov koʻplab Lotin Amerikasi davlatlari bilan doʻstona munosabatda ekanligi, jumladan baʼzi rahbarlar bilan shaxsan doʻst ekanligi tufayli boshqa Sovet chap qanot guruhlari kurashini qoʻllab-quvvatlaganini aytadi. Ortega odamlarga oʻzining KGB agenti ekanligi hamda aloqalari razvedka bilan bogʻliq emasligini sezdirmagani aniqlangan[19].

Yaqin Sharq arboblari KGB informatorlari yoki agentlari sifatida ayblangan[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil sentyabrida ikki tadqiqotchi (Dr. I. Ginor va G. Remez) ishida Falastin milliy maʼmuriyati prezidenti Mahmud Abbos („Abu Mazen“ nomi bilan ham tanilgan) Sovet razvedka agentligida ishlagani aytilgan. Mitroxin arxivining yaqinda chop etilgan „KGB ishlanmalari — 1983“ deb nomlangan hujjatga koʻra, Abbos 1980-yillarning boshidan boshlab „Krotov“ kod nomi ostida ishlagan[21][22][23].

Fayllarda KGBning taxminiy operatsiyalari ham keltirilgan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Behind a bittersweet industry“ (2004-yil 30-yanvar). 2020-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  2. "Just How Intelligent" (Wayback Machine saytida 2019-12-24 sanasida arxivlangan) The Guardian, February 18, 2003
  3. „Cambridge Five spy ring members 'hopeless drunks'“. BBC News (2014-yil 7-iyul). 2019-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  4. „Mitrokhin's KGB archive opens to public“. Churchill College (2014-yil 7-iyul). 2019-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyul.
  5. „The Papers of Vasiliy Mitrokhin | ArchiveSearch“. archivesearch.lib.cam.ac.uk. 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
  6. „KGB papers, kept in secret since 1992, released by British archive“. thestar.com (2014-yil 6-iyul). 2019-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 Christopher Andrew, "Vasili Mitrokhin" (Wayback Machine saytida 2019-04-23 sanasida arxivlangan), The Guardian, 4 February 2004.
  8. 8,0 8,1 "" (Wayback Machine saytida 2013-10-24 sanasida arxivlangan), Los Angeles Times, 3 February 2004.
  9. Andrew, Mitrokhin Archive, p. 48–52.
  10. KGB in Europe, 472–476
  11. UK House of Commons, Hansard Debates, 21 Oct 1999, Columns 587–594
  12. Andrew and Mitrokhin, The Mitrokhin Archive: The KGB in Europe and the West (London, 1999) pp. 559–563.
  13. Andrew, Mitrokhin Archive, p. 526–527.
  14. Press, The Associated. „Ex-Clerk Sentenced To 18 Years as Spy“. The New York Times (1997-yil 25-sentyabr). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyun.
  15. KGB in Europe, page 23–24
  16. Andrew, Christopher M.; Vasili Mitrokhin. The world was going our way: the KGB and the battle for the Third World. Basic Bookstore, 2005 — 448 bet. ISBN 0-465-00311-7. [sayt ishlamaydi]
  17. The KGB in Europe, page 472–473. Quote: "Sandinista guerrillas formed the basis for a KGB sabotage and intelligence group established in 1966 on the Mexican US Border."
  18. „RUSSIAN THREAT PERCEPTIONS AND PLANS FOR SABOTAGE AGAINST THE UNITED STATES“. commdocs.house.gov. 2011-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 7-oktyabr.
  19. 19,0 19,1 Leonov, Nikolai „Soviet Intelligence in Latin America during the Cold War“. Centro de Estudios Publicos. 2010-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  20. The KGB and the Battle for the Third World, p. 121
  21. Eglash, Ruth. „Palestinian President Mahmoud Abbas was once a KGB spy code-named 'Mole,' report claims“. 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  22. Baker, Peter. „Soviet Document Suggests Mahmoud Abbas Was a K.G.B. Spy in the 1980s“. The New York Times (2016-yil 8-sentyabr). 2019-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-fevral.
  23. „Palestinian President Mahmoud Abbas 'was KGB agent'“. BBC News (2016-yil 8-sentyabr). 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.
  24. Andrew, Mitrokhin Archive, p. 522–526.
  25. Andrew & Mitrokhin, The Mitrokhin Archive: The KGB in Europe and the West (London, 1999) pp. 310–311.
  26. Andrew, The KGB in Europe, p. 443.
  27. Andrew, The KGB in Europe, pp. 451–453.