Kontent qismiga oʻtish

Guy Burgess

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guy Burgess

Photo portrait, before 1951
Tavalludi 16-aprel 1911-yil
Vafoti 30-avgust 1963-yil(1963-08-30)
(52 yoshda)
Moskva
Fuqaroligi United Kingdom of Great Britain and Ireland, Birlashgan Qirollik va SSSR
Taʼlimi Trinity kolleji, Kembrij
Otasi Malcolm Kingsford de Moncy Burgess
Onasi Evelyn Gillman

Gay Frensis de Monsi Burgess (1911-yil 16-aprel - 1963-yil 30-avgust) Britaniya diplomati va sovet qoʻshaloq agenti. 1930-yillarning oʻrtalaridan Sovuq urushning dastlabki yillarigacha faoliyat olib borgan[1]. Kembrij beshligining josuslik guruhi aʼzosi bo'lgan. U 1951-yilda oʻzining josus hamkasbi Donald Maclean bilan Sovet Ittifoqiga qochib ketgan va bu Angliya-Amerika Qoʻshma Shtatlari razvedka hamkorligi munosabatlari buzilishiga olib kelgan. Natijada Britaniyaning tashqi va diplomatik xizmatlari uzoq vaqt faoliyat yuritmay qolgan.

Burgess ingliz oilasida tug'ilgan. Eton kollejida, Dartmouthdagi Qirollik dengiz kollejida va Kembrijdagi Trinity kollejida o'qigan[2]. U Kembrijda chap qanot partiyasiga a'zo bo'lgan va Britaniya Kommunistik partiyasiga qo'shildi. 1935-yilda bo'lajak ikki tomonlama agent Harold Kim Fhilbyning tavsiyasi bo'yicha Sovet razvedkasiga josus sifatida yollangan. Kembrijni tark etgach, Burgess BBCda prodyuser sifatida ishlagan va 1944-yilda Tashqi ishlar vazirligiga qo'shilgan.

Burgess Tashqi ishlar vazirligida Hector McNeilning o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Ernest Bevinning rasmiy kotib sifatida ishlagan. Bu post 1945-yildan keyingi kritik davrda Buyuk Britaniyaning tashkilot tuzilmalari bo'yicha ishonchli ma'lumotlarga erishishga imkon bergan. 1950-yilda u Vashingtondagi Britaniya elchixonasi kotibi etib saylangan.

Burgessning qayerda ekanligi 1956-yilgacha G‘arbda noma’lum bo'lgan. U Maklin bilan Moskvadagi qisqa matbuot anjumanida qatnashib, maqsadi Sovet-G‘arb munosabatlarini yaxshilash bo'lganini aytgan. Hech qachon Sovet Ittifoqini tark etmasligini bildirgan. Uning uyiga britaniyalik do'stlari va jurnalistlar tez-tez tashrif buyurishgan. U moddiy jihatdan yaxshi ta'minlangani bilan sog'lig'i yomonlashgani sababli 1963-yilda vafot etgan. Uning qochqinda maxfiy yurishi Sovetlar uchun taqdim etilgan har qanday razvedka ma'lumotlaridan ko'ra ko'proq ahamiyatga ega bo'lgan. Burgessning tez-tez ekranga va sahna ko'rinishlariga olib chiqilganilgan. 1981-yilda Julian Mitchellning Another Country pyesasida uning hayoti aks ettirilgan.

Burgess Sovetlarga Tashqi ishlar vazirligining Sovuq urush va mustamlakachilik tarafdori bo'lgan. U shu tashviqot bilan shug'ullanuvchi maxfiy qanot bo'lgan axborotni o'rganish bo'limida mas'ul bo'lib ishlagan. Burgess ishga mast holda kelganlikda ayblanib ishdan bo'shatilgan[3].

 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

  1. Andoza:Cite ODNB
  2. „How Cambridge spy Guy Burgess charmed the Observer's man in Moscow“ (en). The Guardian (2016-yil 28-may). Qaraldi: 2021-yil 2-mart.
  3. Leigh, David. „Death of the Department that never was“. The Guardian (1978-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 20-yanvar.