Mireya Moscoso
Mireya Moscoso | |
---|---|
Panama prezidenti | |
Mansab davri 1999-yil 1-sentyabr – 2004-yil 1-sentyabr | |
Vitse-prezident |
Arturo Vallarino Dominador Baldomero Bazán |
Oʻtmishdoshi | Ernesto Pérez Balladares |
Vorisi | Martín Torrijos |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1946-yil 1-iyul Pedasi, Panama |
Siyosiy partiyasi |
Panamistlar partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi |
Arnulfo Arias Ricardo Gruber |
Alma mater | Mayami Dade kolleji |
Mukofotlari |
Mireya Elisa Moscoso Rodriges de Arias (1946-yil 1-iyulda tugʻilgan) — panamalik siyosatchi, 1999—2004-yillarda Panama prezidenti boʻlgan. U mamlakatning birinchi ayol prezidenti.
Qishloqlik oddiy oilada tugʻilgan Moscoso 1968-yilda uch marta prezident boʻlgan Arnulfo Ariasning prezidentlik kompaniyasida faol qatnashgan va harbiy toʻntarishdan keyin surgunga ketganida unga ergashib birga ketgan va unga turmushga chiqqan. 1988-yilda vafotidan soʻng, u qahva biznesini va keyinchalik uning siyosiy partiyasi Arnulfista partiyasini (PA) nazorat qilishni oʻz zimmasiga oldi. 1994-yilgi prezidentlik saylovlarida u Demokratik inqilobchi partiyadan (PRD) nomzod Ernesto Peres Balyadaresga 4 % ovoz bilan deyarli yutqazdi. 1999-yilgi umumiy saylovda u PRD nomzodi Martin Torrixosni 8 foiz ovoz bilan magʻlub etib, Panamaning birinchi ayol prezidenti boʻldi.
Vazifasi davomida u Panama kanalining AQShdan Panamaga topshirilishi va AQSh xodimlarining mamlakatni tark etishi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy tanazzul davrida mamlakatni boshqargan. Muxolifat nazoratidagi Qonunchilik Assambleyasi tomonidan qabul qilingan yangi xarajatlar cheklovlari va uning maʼmuriyatining korrupsiya janjallari tufayli Moscoso qonunchilik tashabbuslarini qabul qilishda qiynaldi. Uning siyosiy nufuzi pasayib ketdi va partiyasining nomzodi Xose Migel Aleman uning oʻrnini egallash uchun keyingi umumiy saylovlarda PRD Torrixosga yutqazdi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moscoso Panamaning Pedasi shahrida kambagʻal oilada olti farzandning eng kichigi boʻlib tugʻilgan. Uning maktab oʻqituvchisi bo‘kgan otasi u oʻn yoshida ekanligida vafot etdi va Moscoso oʻrta maktabni tugatgandan soʻng kotib boʻlib ishlay boshladi[1]. U 1968-yilda Arnulfo Ariasning prezidentlik kampaniyasiga qoʻshildi[2]. Arias allaqachon ikki marta qisman prezident lavozimini egallagan, ikkala marta ham Panama harbiylari tomonidan taxtdan olingan. U prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozondi, biroq harbiylar tomonidan atigi toʻqqiz kundan soʻng yana taxtdan chetlatildi[3].
Arias AQShning Florida shtatidagi Mayami shahriga surgun qilindi va Moscoso unga ergashib ketdi, keyingi yili unga turmushga chiqdi. Moscoso 23 yoshda, u esa 67 yoshda edi. Bu davrda Moscoso Mayami-Deyd jamoat kollejida interyer dizayni boʻyicha tahsil oldi. Arias 1988-yilda vafot etganidan soʻng, u qahva biznesini meros qilib oldi. 1991-yil 29-sentyabrda, Manuel Noryega hokimiyatdan agʻdarilgan AQShning Panamaga bostirib kirishidan deyarli ikki yil oʻtib, u sobiq erining Arnulfista partiyasi rahbari boʻldi.
Shuningdek, 1991-yilda Moscoso biznesmen Richard Gruberga turmushga chiqdi. Er-xotin Richard ismli oʻgʻilni asrab olishdi (1992-yilda tugʻilgan). Moscoso va Gruber 1997-yilda ajrashishdi[2].
Prezidentlik kompaniyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1994-yilda Moscoso PA prezidenti Gilermo Endaraning oʻrniga oʻtish uchun oʻzining marhum erining Arnulfista partiyasidan (PA) prezidentlikka nomzod sifatida umumiy saylovda qatnashdi. Uning asosiy raqiblari Demokratik Inqilobiy partiya (PRD) nomzodi Ernesto Peres Balladares va oʻsha paytda partiya prezidenti boʻlgan qoʻshiqchi Ruben Blades edi[3]. Moscoso va Blades Peres Balladaresning harbiy hukmdor Manuel Noriega bilan aloqasini taʼkidlab, ikkalasining birgalikdagi suratlarini efirga uzatmoqchi boʻlishgan[4], Peres Balladares esa oʻzini harbiy hukmdor, milliy qahramon Omar Torrixosning vorisi sifatida koʻrsatishga harakat qilgan[5]. Shu bilan birga, Moscoso kampaniyasiga Endara hukumati toʻsqinlik qildi[5]. Yakunda Peres Balladares 33 % ovoz bilan gʻalaba qozondi, Moscoso 29 % va Blades 17 % ovoz oldi[6].
Moscoso 1999-yil 2-maydagi umumiy saylovda yana PA nomzodi deb topildi. Bu safar uning asosiy raqibi Omar Torrixosning oʻgʻli Martin Torrixos boʻldi, u Peres Balladaresning ikkinchi muddatga saylanishiga imkon beradigan konstitutsiyaviy referendum muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin PRD vakili etib tayinlandi. Torrixos qisman Peres Balladares tomonidan oʻrnatilgan xususiylashtirish va kasaba uyushmalari cheklovlaridan soʻng bir qancha saylovchilarni qaytarib olishga harakat qilish uchun tanlangan[3]. Moscoso populistik platformada, koʻp nutqlarini lotincha „Vox populi, vox Dei“ („xalq ovozi — Xudoning ovozi“) bilan boshladi, ilgari bu so‘zlarni eri Arias oʻz nutqlarini boshlash uchun ishlatgan[7]. U taʼlimni qoʻllab-quvvatlash, qashshoqlikni kamaytirish va xususiylashtirish sur’atlarini sekinlashtirishga vaʼda berdi[8]. Torrixos koʻp jihatdan otasining xotirasiga, jumladan, „Umar yashaydi“[7] kampaniya shiorini qoʻllagan boʻlsa-da, Moscoso oʻzining oʻlgan erini eslatib oʻtdi va bu panamaliklarni saylov „ikki jasad“ oʻrtasidagi poyga deb hazil qilishiga sabab boʻldi[9]. Torrixos ittifoqchilari, shuningdek, Moscosoni hukumat tajribasi yoki hattoki kollej diplomi yoʻqligi uchun tanqid qilishdi[9]. Biroq, 1994-yildan farqli oʻlaroq, avvalgi maʼmuriyatning janjallari hozirda PRDga toʻsqinlik qildi va Moscoso Torrixosni 45 % 37 % ovoz bilan magʻlub etdi[3].
Prezidentlik (1999-2004)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moscoso 1999-yil 1-sentyabrda lavozimiga kirishdi[10][11]. U prezidentlikka kelganida ajrashganligi sababli, uning katta singlisi Rubi Moscoso de Yang unga chet el safarlarida hamrohlik qilgan ya‘ni mamlakatning birinchi xonimi boʻlib ishlagan[12].
PRD tomonidan boshqariladigan Qonunchilik Assambleyasiga duch kelgan Moscoso yangi siyosat yurgizishi cheklangan edi. Unga, shuningdek, Peres Balladares oʻz muddatining soʻnggi kunlarida, xususan, uning maʼmuriyatiga qaratilgan davlat pullarini sarflashga qoʻygan qatʼiy yangi cheklovlar toʻsqinlik qildi[3].
1999-yil 31-dekabrda Moscoso Torrixos-Karter shartnomalariga binoan Panama kanalining AQShdan Panamaga topshirilishini nazorat qildi[13]. Keyin uning hukumati AQSh armiyasi uzoq vaqt davomida bombalar, biologik vositalar va kimyoviy qurollarni sinovdan oʻtkazgan Kanal zonasidagi ekologik muammolarni bartaraf etish muammosiga duch keldi. Qolgan muammolar orasida qoʻrgʻoshin bilan ifloslanish, portlamagan oʻq-dorilar va kamaygan uran zahiralari bor edi[3]. Moscoso Panama kanali maʼmuriyatidan[8] Peres Balladaresning barcha tayinlovlarini ishdan boʻshatib, supermarket magnati (va boʻlajak prezident) Rikardo Martinellini boshliq etib tayinlagan boʻlsa-da[14], maʼmuriyat oʻz muxtoriyatini saqlab qoldi[8]. Shu bilan birga, Panama iqtisodiyoti Amerika kanal hududini tark etganidan keyin daromadlarini yo'qotmaslik uchun kurashni boshladi[15].
Moscoso Panamaning xalqaro jinoyatchilikdagi rolini tugatish, pul yuvishga qarshi yangi qonunlar qabul qilish va soliq shaffofligini qoʻllab-quvvatlash ustida ishladi[16][3]. Qonunchilik Panamaga xalqaro soliq jinoyatlari roʻyxatidan chiqarilishiga ruxsat berdi[3]. Ayni paytda, Moscoso davrida zoʻravonlik jinoyati keskin oʻsdi[3]. 2000-yil sentyabrida AQSh va baʼzi Lotin Amerikasi hukumatlari bosimi ostida Moscoso hukumati oʻz kongressi aʼzosiga pora berayotganda, videotasvirga tushib qolgan. Natijada Perudan qochib ketgan sobiq Peru josuslik boshligʻi Vladimiro Montesinosga vaqtinchalik boshpana berishga majbur bo'ldi[16].
2000-yil dekabr oyida Panama Milliy gvardiyasi bazasida Umar Torrixos diktaturasi davrida oʻldirilgan ruhoniy Xesus Ektor Gallego Erreraga tegishli deb notoʻgʻri taxmin qilingan inson suyaklari topildi. Moscoso hududni va boshqa bazalardagilarni tekshirish uchun haqiqat komissiyasini tayinladi[3]. Komissiya PRD tomonidan boshqariladigan Milliy Assambleyaning qarshiligiga duch keldi, Assambleya Moscoso hukumatini moliyalashtirishni qisqartirdi va PRD prezidenti Balbina Errera uchun prezidentga qarshi qonuniy choralar koʻrish bilan tahdid qildi. Oxir oqibat, prezident koʻrib chiqqan 148 holatdan 110 tasi haqida politsiyaga xabar berdi, odamlardan 40 tasi gʻoyib boʻlgan va 70 tasi oʻldirilgani maʼlum. Hisobotda Noryega hukumati „qiynoqqa solish [va] shafqatsiz, gʻayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi muomala“ bilan shugʻullanganligi haqida xulosa qilingan va qoʻshimcha eksgumatsiya va tergov oʻtkazishni tavsiya qilgan[17].
Moscoso oʻz vakolati davomida tez-tez oʻzining maʼmuriy tayinlovlari uchun qarindosh- urugʻchilikda ayblangan[8] va qonunchilik assambleyasi aʼzolariga 146 000 AQSH dollari miqdorida sovgʻa-salomlar uchun korrupsion janjallarga duch kelgan[18]. 2001-yilga kelib, prezidentligining ikkinchi yilida, Moscosoning reytingi korrupsiya mojarolari va iqtisod tufayli 23 % ga tushdi. Oʻsha yili u Qonunchilik Assambleyasi orqali soliq islohoti paketini oʻtkazishga harakat qildi, biroq taklifga xususiy sektor ham, uyushgan mehnat ham qarshi chiqdi[19]. 2003-yilda AQSH elchisi Moscosoni oʻz vakolati davrida korrupsiyaning kuchaygani uchun ochiqchasiga tanqid qildi[20]. Muddatining oxiriga kelib, uning prezidentligi „korrupsiya va qobiliyatsizlik bilan toʻla tanqid qilindi“[21] va „koʻpchilik prezidentlik davrini zaif va samarasiz deb topdi“[22].
2004-yilda matbuotda uning prezidentlik davrida hashamatli kiyim-kechak va zargarlik buyumlariga davlat hisobidan yuz minglab dollar sarflagani maʼlum boʻlgach, u tanqidga uchradi[23].
Panama Konstitutsiyasi tomonidan ketma-ket ikkinchi muddatga saylanishi taqiqlangan Moscoso 2004-yilgi saylovda uning oʻrnini sobiq raqibi Martin Torrixos egalladi. Moscoso lavozimini tark etishidan biroz oldin, 2000-yilda Panamaga tashrifi chogʻida Kuba prezidenti Fidel Kastroga suiqasd uyushtirishda ayblangan toʻrt kishini — Luis Posada Karriles, Gaspar Ximenes, Pedro Remon va Gilermo Novo Sampolni afv etish orqali tortishuvlarga sabab boʻldi. Kuba mamlakat bilan diplomatik munosabatlarni uzdi va Venesuela prezidenti Ugo Chaves Panamadan elchisini chaqirib oldi[24]. Moscoso ularni afv etilishini „Agar bu odamlar shu yerda qolsa, ular Kuba va Venesuelaga ekstraditsiya qilinishini va u yerda ularni albatta oʻldirishlarini bilardim“, dedi[25]. Moscoso, shuningdek, 14 yil oldin tuhmat uchun sudlangan 87 jurnalistni avf etdi. 2008-yil 2-iyulda Moscoso tomonidan chiqarilgan 180 ta avfning barchasi Oliy sud tomonidan konstitutsiyaga zid deb bekor qilindi[26].
Prezidentlikdan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Torrixos prezidentligi davrida Moscoso muxolifatning faol aʼzosi boʻlib qoldi. 2007-yil sentyabr oyida u AQSh armiyasi serjanti Zak Ernandesning oʻldirilishi uchun AQShda qidiruvga berilgan PRD siyosatchisi Pedro Migel Gonsalesning Milliy Assambleya rahbari etib tayinlanishini tanqid qildi[27]. Oʻsha yili u Endara va Peres Balladares bilan birgalikda Ugo Chaves hukumatining Venesueladagi muxolifat radiosi Caracas Televisión Internacional radioeshittirish litsenziyasini yangilashdan bosh tortganini tekshirish uchun Amerika Davlatlari Tashkilotiga lobbichilik qildi[28].
Moscoso lavozimini tark etganidan beri, shuningdek, Vudro Vilson nomidagi Jahon yetakchi ayollari olimlari kengashining aʼzosi boʻlib ishladi[29][30]. Tarmoq "yaxshi boshqaruvni targʻib qilish va demokratiya tajribasini oshirish orqali oʻz mamlakatlarida eng yuqori darajadagi yetakchi ayollarning guruhidan tashkil topgan[31].
Maqtovlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xorijiy unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Italiya: Ikki Sitsiliya Qirollik Muqaddas Harbiy Konstantin ordeni ritsarining Buyuk xochi, maxsus toifa[32]
- Monako: Sent-Karl ordeni ritsarining Buyuk xochi[33][34].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Navarro, Mireya. „Woman in the News: Mireya Elisa Moscoso; Earnest Icon For Panama“. New York Times (4-may 1999-yil). Qaraldi: 23-aprel 2020-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Mireya Moscoso de Arias“. Centro de Estudios y Documentacion Internacionales de Barcelona. 10-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2012-yil.
- ↑ 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 Harding 2006.
- ↑ Howard W. French. „Panama Journal; Democracy at Work, Under Shadow of Dictators“. The New York Times (21-fevral 1994-yil). 8-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentyabr 2012-yil.
- ↑ 5,0 5,1 Douglas Farah. „Panamanians Vote in Peace, Picking Ex-Aide of Noriega; Millionaire Perez Balladares Bests Widow of Four-Time President“. The Washington Post (9-may 1994-yil). 29-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentyabr 2012-yil.
- ↑ „Panama“. University of Missouri-Saint Louis. 23-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentyabr 2012-yil.
- ↑ 7,0 7,1 Serge F. Kovaleski. „Moscoso Is First Woman Elected to Panamanian Presidency“. The Washington Post. – via HighBeam Research (subscription required) (3-may 1999-yil). 16-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2012-yil.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 "Mireya Moscoso". Encyclopædia Britannica. Archived from the original on March 13, 2012. https://web.archive.org/web/20120313212705/http://www.britannica.com/EBchecked/topic/393400/Mireya-Moscoso. Qaraldi: September 15, 2012.
- ↑ 9,0 9,1 Mireya Navarro. „The Widow of Ex-Leader Wins Race in Panama“. The New York Times (3-may 1999-yil). 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2012-yil.
- ↑ Gonzalez, David. „In Panama's New Dawn, Woman Takes Over“. New York Times (2-sentyabr 1999-yil). Qaraldi: 23-aprel 2020-yil.
- ↑ „Ex-First Lady of Panama Sworn In as President“. Los Angeles Times (2-sentyabr 1999-yil). Qaraldi: 23-aprel 2020-yil.
- ↑ „Ninth Conference of Spouses of Heads of State and Government of the Americas“. Summits of the Americas Secretariat. 19-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2012-yil.
- ↑ Mireya-Moscoso, Encyclopædia Britannica, Retrieved July 7, 2007
- ↑ „Awaiting the lady“. The Economist. – via HighBeam Research (subscription required) (28-avgust 1999-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2012-yil.
- ↑ „Becalmed“. The Economist. – via HighBeam Research (subscription required) (22-sentyabr 2001-yil). 30-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2012-yil.
- ↑ 16,0 16,1 „Colombia and its neighbours“. The Economist. – via HighBeam Research (subscription required) (7-oktabr 2000-yil). 15-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2012-yil.
- ↑ „Truth Commission Delivers Its Final Report on Victims of the 1968–1988 Military Regime“. NotiCen – via HighBeam Research (subscription required) (2-may 2002-yil). 24-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2012-yil.
- ↑ Serge F. Kovaleski. „Panamanians Sound Alarm Over Gift Watches“. The Washington Post. – via HighBeam Research (subscription required) (18-yanvar 2000-yil). 15-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2012-yil.
- ↑ „President Mireya Moscoso asks legislature for tax reform, but prospects are dim“. The Economist. – via HighBeam Research (subscription required) (15-mart 2001-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2012-yil.
- ↑ „Not his father's son? Panama's new president“. The Economist. – via HighBeam Research (subscription required) (8-may 2004-yil). 28-sentyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentyabr 2012-yil.
- ↑ Mary Jordan. „General's Son Leads in Panama“. The Washington Post. – via HighBeam Research (subscription required) (2-may 2004-yil). 14-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2012-yil.
- ↑ „Manifest destiny meets democracy“. The Economist. – via HighBeam Research (subscription required) (1-may 2004-yil). 20-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2012-yil.
- ↑ „Viajes, joyas y ropa, el sueño cumplido | la Prensa Panamá“ (23-oktabr 2004-yil). 2022-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Steven R. Weisman. „Panama's New Chief, Sworn In, Inherits a Diplomatic Tempest“. The New York Times (2-sentyabr 2004-yil). 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2012-yil.
- ↑ Glenn Kessler. „U.S. Denies Role in Cuban Exiles' Pardon“. The Washington Post (27-avgust 2004-yil). 7-sentyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2012-yil.
- ↑ Juan Zambrano. „Panama's Supreme Court overturns 2004 pardons, including of anti-Castro militant“. Associated Press – via HighBeam Research (subscription required) (2-iyul 2008-yil). 8-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2012-yil.
- ↑ Steve Inskeep. „Election of Panamanian Official Strains U.S. Ties“. Morning Edition. National Public Radio (4-sentyabr 2007-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2012-yil.
- ↑ Diana Cariboni. „Criticisms of Caracas Reveal Double Standard“. Inter Press Service. – via HighBeam Research (subscription required) (31-may 2007-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2012-yil.
- ↑ „MObama & the first ladies: Does she who rocks the pillow talk rule the world?“. goldengirlfinance.ca (17-sentyabr 2012-yil). 2-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2012-yil.
- ↑ „Council of Women World Leaders Biographies“. The Wilson Center. 3-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2012-yil.
- ↑ „Council of Women World Leaders“. The Wilson Center (15-dekabr 2012-yil). 22-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2012-yil.
- ↑ „Archived copy“. 14-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-noyabr.
- ↑ Nomination by Sovereign Ordonnance n° 15902 of 25th July 2003 (Wayback Machine saytida 2022-01-18 sanasida arxivlangan) (French)
- ↑ Nomination by Sovereign Ordonnance n° 15576 of 26th November 2002 (Wayback Machine saytida 2021-12-21 sanasida arxivlangan) (French)
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Harding, Robert C.. The History of Panama. Greenwood Press, 2006. ISBN 031333322X.
- Skard, Torild (2014) "Mireya Moscoso" in Women of Power – Half a century of female presidents and prime ministers worldwide, Bristol: Policy Press ISBN 978-1-44731-578-0.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- CIDOB tarjimai holi (ispan tilida)