Mir Sayyid Ali Termiziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mir Sayyid Ali Termiziy
Tavalludi 1513-yil
Vafoti 1570-yil
Fuqaroligi Afg'oniston
Taʼlimi Badaxshon, Tabriz, Kobul,
Kasbi Rassom
Unvoni Musavvir
Otasi Mir Muso

Mir Sayyid Ali Termiziy — Ilk bor Boburiylar miniatura sanʼatiga asos solgan Termizlik olim. U Temuriylar davri miniatura maktabi anʼanalariga hissa qoʻshgan va ularning naʼmunalarini Hindistonga olib kelgan.

Oʻzbek olimlari Ilyos Nizomiddinov va Orif Usmonovlar oʻtgan asrning 70—80-yillarida Mir Sayyid Ali Termiziyning Termiz shahrida tugʻilib oʻsganligini aniqlashdi va matbuotda maqolalar eʼlon qildilar. Surxondaryo viloyatida J.Mirzayev, M.Azimov tomonidan „Mir Sayyid Ali- Termizlik ulugʻ musavvir“ maqolasi chop etildi[1].

Tavalludi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mir Sayyid Ali 1513-yilda Termiz sayyidlari xonadonidan boʻlgan Mir Muso oilasida tavallud topgan. Mir Muso tasviriy sanʼat sohasida oʻz moʻyqalamligiga ega boʻlgan. Uning tahallusi Mir Musavvir boʻlib, mashhur naqqosh sifatida ham shuhrat qozongan. Oilaviy muhit sabab Mir Sayyid Ali yaxshi tarbiya topadi, shuningdek diniy va dunyoviy bilimlarni ham oʻrganadi.

Sargardonlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning yashagan davrlari temuriylar va shayboniylarning oʻrtasida siyosiy hokimiyat uchun kurash yillariga toʻgʻri keldi. Butun mamlakatda, shu jumaladan Termiz shahrida ham notinchlik boshlanib, koʻplab kishilarning yurtdan chiqib ketib, horijga ketishga sabab boʻldi. Temuriylarga quda-andachilik rishtasi bilan bogʻlangan sayyidlar kabi Mir Muso ham 1521-yili Badaxshonga ketishadi. Badaxshan oʻshanda Boburiylar tasarrufidagi edi va u yerga Boburning oʻgʻli Humoyun Mirzo hokimlik qilar edi. Ular Humoyun Mirzo tomonidan yaxshi kutib olinadi va besh yilcha Badaxshonda yashaydi. Keyin Tabriz shahri tomon ketishadi. Chunki safaviylar saltanatining poytaxti boʻlgan Tabriz oʻsha paytda tasviriy-sanʼat markaziga aylanadi va bu markazning yetakchisi Kamoliddin Behzod edi.

Ijod yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamoliddin Behzod yosh, isteʼdodli boʻlgan Mir Sayyid Alini shogirdlika oladi. Humoyun Mirzo Tabrizga kelgan vaqtida rassomlik sanʼati bilan qiziqib qoladi. Behzod shogirdlarining asarlari uning eʼtiborini tortadi[2]. Shu yerda u Nizomiy GanjaviyningLayli va Majnun“ dostonini badiiy bezash ustida ishlayotgan Mir Sayyid Ali bilan tanishadi (1539—1543-yillarda yaratilgan bu asar hozirda Britaniya muzeyida saqlanmoqda). Bu paytlarda Hindistonni Zahiriddin Muhammad Bobur birin-ketin egalab olayotgan edi. Uning vafotidan keyin mamlakatni oʻgʻli Humoyun 10 yil boshqaradi va 1540-yilda saltanatni Shershox Suriy degan afgʻonga boy beradi. Humoyun shundan soʻng bir necha muddat turli joylarda sargardon boʻlib yuradi va nihoyat Erondan panoh topadi.

Vaqti kelib Humoyun Kobul shahrini zabt etadi va butun Afgʻonistonni egallaydi. Soʻngra Eron shohidan Mir Sayyid Alini qaytarib yuborishni soʻraydi va uni rassomchilik ustaxonasining boshligʻi etib tayinlaydi. Mir Sayyid Mirzoning hayotining koʻp qismi Kobulda kechadi[3].

Mir Sayyid Ali Termiziy 1542-yil tugʻilgan Humoyun Mirzoning oʻgʻli Akbar Mirzoga rassomlik sanʼatidan dars berib boradi.

Humoyun Dehli saltanatini 1555-yilda qayta egallaydi. Shu munosabat bilan Kobul ulusi, Movarounnahrdagi ulamolar va fuzalolarni oʻz atrofiga toʻplaydi. Ular qatorida Mir Sayyid Ali, hamda eronlik hoja Abdusamad Hindistonga qaytib kelishadi.

Behzodning shogirdi Mir Sayyid Ali hind miniaturalariga temuriylar davri, Hirot miniatura maktabi anʼanalarini olib kirgan boʻlsa, safaviylar davri Eron miniaturasi anʼanalari Hindistonga hoja Abdusamad orqali kirib kelgan.

Mir Sayyid Ali Termiziy hoja Abdusamad bilan birga Boburiylar miniaturasiga asos soldi. Humoyun tomonidan saroy kutubxonasi qoshida tashkil etilgan yangi miniatura maktabi tashkil qilindi.

U Podshoning topshirigʻiga koʻra „Qissai Amir Hamza“ (Hamzanoma) nomli 12 jildlik rivoyatlar toʻplami 50 ta hamkasb shogirdlari ishtirokida 1700 ta miniatura bilan bezaydi. Bu ijod esa shox asarlardan biri boʻlgan deya taʼriflangan. Bundan tashqari, Temuriylar saroyida oʻtkazilayotgan tantanali marosimlar aks etgan boshqa bir asar ham sanʼat mutaxassislari tomonidan yuqori baholangan. Unda 240 nafar tarixiy shaxsning qiyofasi tasvirlangan. Bu asar besh asrdan buyon saqlanib keladi. Musavvir Mir Sayyid Ali Termiziy tarixiy buyuk sanʼat namunalari yaratgani uchun „Nodir ul muluki Humoyunniy“ (Humoyun davlatining durdonasi) faxrli unvoni bilan sharaflangan[4].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mir Sayyid Ali Akbarshox davrida ham ijod bilan faoliyat yuritgan. Boburiylar miniatura sanʼatini rivojiga hissa qoʻshdi. 1570-yillarda u Akbarshox ruhsati bilan haj safariga ketadi va qaytmaydi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Surxon tongi" gazetasi, 2005, 31-avgust
  2. "Boburnoma rasmlari", Albomni tuzuvchi va soʻzboshi muallifi Hamid Sulaymon, „Fan“, 1970, Toshkent 11-bet
  3. OʻzME, 2003-yil, 5-tom, 690-bet
  4. Abdulla Xolmirzayev. Termizdan nur, 89-bet, „San'at“ jurnali nashriyoti, 2015-yil. 
  5. „Buyuk rassom Mir Sayyid Ali Termiziy“.