Minsk-Arena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Minsk-Arena

Minsk Arena (12-mart, 2024-yil)
Manzili Minsk, Belorussiya bayrogʻi Belarus
Koordinatalari 53°56′11″N 27°28′58″E / 53.9365°N 27.4829°E / 53.9365; 27.4829 G OKoordinatalari: 53°56′11″N 27°28′58″E / 53.9365°N 27.4829°E / 53.9365; 27.4829 G O
Sigʻimi 15,086 (asosiy arena)[1]
Maydon yuzasi 72,579 sq.m (asosiy arena)
Konstruksiya
Buzilgan joy 2006
Qurilgan 2006—2009
Ochilgan 30-yanvar, 2010-yil (14 yil avval) (2010-01-30)
Qurilish qiymati $ 350 million
$174,7 million (asosiy arena)
Arxitektor V. Kutsko, V. Budaev,
A. Nitievsky, A. Shabalin
(„Belgosproect“ shirkati)
Bosh pudratchi Minskpromstroy MChJ
Ijarachilar
Website
minskarena.by


Minsk Arena (belaruscha: «Мінск-арэна», toʻliq nomi — belaruscha: Шматпрофільны культурна-спартыўны комплекс «Мінск-арэна», ruscha: Многопрофильный культурно-спортивный комплекс «Минск-арена») — Belarus poytaxti Minsk shahridagi sport-koʻngilochar majmuasi. Majmua toʻrtta obyektdan iborat: koʻp funksiyali sport va koʻngilochar arena (15 000 oʻrinli), konkida uchish stadioni (3000 oʻrinli), velodrom (2000 oʻrinli) va ochiq koʻp qavatli avtoturargoh (1080 toʻxtash joyi)[2].

2009—2010-yilgi mavsumdan boshlab Kontinental xokkey ligasida qatnashadigan Dinamo xokkey klubi (Minsk) uchun uy maydoni hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Minsk Arena“ Belarus Prezidentining 2005-yil oxirida qabul qilingan „koʻp tarmoqli sport majmuasini qurish toʻgʻrisida“gi farmoniga binoan qurilgan[3]. Qurilish ishlari 2006-yilning bahorida boshlangan[4]. Majmua „Belproekt“ kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Asosiy pudratchi esa „Minskpromstroy“ kompaniyasi edi. Qurilish ishlarini Belarus Respublikasining sobiq sport va turizm vaziri va Belarus prezidentining yordamchisi — Nikolay Ananyev nazorat qilgan[5].

Dastlab, 2008-yil 30-dekabrda velodrom foydalanishga topshirildi[6]. 2009-yil iyul oyida ushbu velodrom velosport boʻyicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qildi. 2009-yil 2 dekabrda konkida uchish stadioni muzida ilk mashgʻulot boʻlib oʻtdi[7]. Minsk-Arenadagi birinchi xokkey oʻyini 2009-yil 26 dekabrda boʻlib oʻtgan. Bu oʻyinda „Minsk“ sport maktabi va „Yunost“ xokkey maktabining yoshlar jamoalari oʻzaro kuch sinashishdi. Minsk-Arena tarixidagi ilk gol Minsk sport maktabi jumoasi hujumchisi Pavel Pechur tomonidan raqiblari darvozasiga kiritildi[8]. Birinchi rasmiy oʻyin 2010-yil 14-yanvarda boʻlib oʻtdi. Unda KXL doirasida „Dinamo Minsk“MagnitogorskningMetallurg“ klubini qabul qildi.

Minsk Arenaning tantanali ochilish marosimi 2010-yil 30-yanvarda doirasida boʻlib oʻtdi[9]. Oʻsha paytda mazkur arena kattaligi boʻyicha KXL jamoalari maydonlari orasida birinchi, Yevropadagi xokkey arenalari orasida toʻrtinchi oʻrinda edi[10].

2014-yil mayda Minsk Arena xokkey boʻyicha jahon chempionati oʻyinlariga mezbonlik qilgan ikkita maydondan biriga aylandi.

2016-yilning yanvar oyidan boshlab Minsk Arenada „Starladder i-League Season 13“ kibersport musobaqasi oʻtkazilib kelinmoqda[11].

2018-yil 25-noyabr kuni „Junior Eurovision Song Contest 2018“ nomli xalqaro qoʻshiq tanlovi boʻlib oʻtgan.

Minsk Arenaning panorama koʻrinishi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Minsk Arena, Minsk“. Stadiums World (2023-yil 13-iyun). Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  2. Валентина Морозова. Сооружение мирового класса – фактор имиджа страны // Архитектура и строительство : журнал. — 2009. — 10 yanvar (Andoza:Бсокр). Архивировано 3 aprel 2015 года.
  3. „О строительстве в г. Минске многопрофильного культурно-спортивного комплекса «Минск-Арена»“. Указ Президента Республики Беларусь от 26.12.2005 г. № 622. Национальный правовой интернет-портал Республики Беларусь. 2012-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-yanvar.
  4. Александр Шурочкин, Белорусские новости. „Президент открыл новую «стройку века»“. TUT.BY (2006-yil 30-aprel). 2012-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-yanvar.
  5. Prezident Belarusi naznachil Nikolaya Ananeva gendirektorom „Minsk-Areni“
  6. „Видео. Открытие велотрека «Минск-Арена»“. TUT.BY (2008-yil 31-dekabr). 2012-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-yanvar.
  7. „Состоялась первая тренировка на льду конькобежного стадиона «Минск-Арены»“. БелТА (2009-yil 2-dekabr). 2012-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-yanvar.
  8. „Спорткомплекс «Минск-Арена» принял первых зрителей“. БелТА (2009-yil 26-dekabr). 2012-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-yanvar.
  9. „Первый матч чемпионата КХЛ на «Минск-Арене» состоится 14 января“. БелТА (2010-yil 8-yanvar). 2012-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-yanvar.
  10. „Дорогое удовольствие“. 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-oktyabr.
  11. „SL i-League StarSeries – билеты уже в продаже!“. Starladder.com. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy sayti (ruscha)