Ming bir qiyofa
Muallif | Omon Muxtor |
---|---|
Janr | roman |
Til | oʻzbekcha |
Nashriyot | „Sharq“ nashriyot matbaa-konsernining bosh tahririyati |
Sahifalar soni | 160 |
„Ming bir qiyofa“ — oʻzbek yozuvchisi Omon Muxtor qalamiga mansub roman. 1994-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot matbaa-konsernining bosh tahririyatida chop etilgan. Roman bir qarashda bir-biriga bogʻliq boʻlmagan uch hikoyatdan iboratdir.
„Ming bir qiyofa“ oʻzbek romanchiligida katta yangilik boʻlgan.[1] Asar stilistik jihatdan Gabriel García Márquezning „Yolgʻizlikning yuz yili“, Mixail Bulgakovning „Usta va Margarita“ hamda Franz Kafkaning „Jarayon“ romanlariga qiyosalanadi.[2]
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Z. A. Mirzahakimova – muharrir, Aziz Umarov – rassom, M. M. Aʼlamov – badiiy muharrir, L. Yu. Xijova – texnik muharrir, Yu. T. Bizaatova – musahhih. Kitob adadi – 50 000 nusxa.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Quronov, Dilmurod „Romanning yangi umri“. Quronov. Qaraldi: 23-iyul 2016-yil.
- ↑ Eshbek, Toʻlqin „Yangi davr olimi: U qanday boʻlishi kerak?“. Uch ildiz (20-iyul 2015-yil). 17-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2016-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-08-17).
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |