Milliy rassomlik va dizayn instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
(MRDI)
Xalqaro nomi The National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod
Asos solingan 1997
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullaev[1]
Talabalari 1510+
Fakultetlar 4
Bakalavriat 23
Magistratura 13
Manzili Mironshox koʻchasi 123, Toshkent shahri, 100000, Oʻzbekiston
Vebsayti www.mrdi.uz

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti, Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1997-yil 23-yanvardagi “Oʻzbekiston badiiy akademiyasini tashkil etish haqida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qaroriga asosan, 1954-yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti qoshida ochilgan rassomlik fakulteti negizida tashkil topdi. Institutni nafaqat jahon san’atining ovro‘pacha yo‘nalishidagi, balki to‘la ma’noda sharqning boy me’rosini o‘zlashtirish asosida tashkil etilishini davrning o‘zi taqazo etgan edi. Oliy badiiy ta’limni yo‘lga qo‘yishni mashhur rassomlar Rahim Axmedov, Oganes Tatevosyanlar boshlab berganlar.

Institut tarixi va anʼanalari badiiy taʼlim ustalarining bir necha avlodlari ijodlari bilan chambarchas bogʻliq. O. Tatevosyan, V. Urmanchi (rangtasvir), M. Saidov, V. Riftin, E. Kalontarov, T. Oganesov, Georgiy Brim (teatr va kino rassomligi), K. Salohiddinov, A. Boymatov (haykaltaroshlik), L. I. Rempel, M.V.Shostko, Sh. Toshxoʻjayev, R. Toqtosh (sanʼat tarixi va nazariyasi) va boshqa ishlagan. Isteʼdodli moʻyqalam sohiblari Rahim Axmedov, Q. Basharov, Jalolov Bahodir Fazliddinovich , S. Raxmetov, A. Ikromjonov, L. Ibrohimov, N. Qoʻziboyev va boshqa, haykaltarosh Ilhom Jabborov va boshqa, amaliy bezak sanʼati ustalari A. Abdurazzoqov va boshqa badiiy taʼlim rivojiga katta hissa qoʻshmoqda.

Institutda bugungi kunda Rossiya, Tojikiston, Qozog’iston, Turkmaniston kabi davlatlar fuqarolari tahsil olmoqdalar. Dunyoning qator davlatlari (Koreya, Yaponiya, Singapur, Xitoy, Germaniya, Ozarbayjon, Latviya, Rossiya, Qozog’iston) oliygohlari bilan imzolangan memorandumlar asosida hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Xususan, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, institutning qator professor-o’qituvchilari dunyoning ko’plab mamlakatlari oliygohlarida mahorat darslarini o’tib kelmoqdalar, malaka oshirmoqdalar, shaxsiy ko’rgazmalarini tashkil qilmoqdalar. Shu bilan bir qatorda ko’plab mamlakatlarning yuqori malakali mutaxassislari institutda mahorat darslarini o’tishi an’anaga aylangan.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bugungi kunda nafaqat Markaziy Osiyo respublikalari balki, jahonning turli davlatlari uchun ham mutaxassislar tayorlash vazifasini ham ma’suliyat bilan bajarishga bel bog‘lagan.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tasviriy va amaliy san’at, dizayn va san’atshunoslik sohalarida oliy ma’lumotli, etuk malakali mutaxassis kadrlar tayorlaydigan yagona etakchi ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shu bois ushbu maskanda ta’lim olgan talabalarimizning aksariyati Yaponiya, Malaziya, Gollandiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya va boshqa qator davlatlarda o‘z asarlari bilan e’tibor qozonmoqdalar.

Muhimi, ushbu davrga kelib, mamlakatimiz rangtasviri jahondagi eng ilg’or mamlakatlar qatoridan o’rin egallab, uning ko’plab namoyondalari o’z asarlari bilan dunyodagi nozikta’b ixlosmandlar tiliga tushdi. Institut talabalari turli xalqaro va respublika miqyosida o’tkazilayotgan festivallarda, tanlov-ko’rgazmalarda, fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etib, yuqori o’rinlarni egallab kelmoqdalar. Ular orasida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, Prezident va nomdor stipendiyalar sohiblari, “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni egalari, turli, “Yil talabasi” kabi ko’rik tanlovlarlari g’oliblarini alohida ta’kidlab o’tish lozim.

Muhimi, ushbu davrga kelib, mamlakatimiz rangtasviri jahondagi eng ilg’or mamlakatlar qatoridan o’rin egallab, uning ko’plab namoyondalari o’z asarlari bilan dunyodagi nozikta’b ixlosmandlar e’tiboridan o’rin egallamoqda.[2]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]