Mikser

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mikser (ing . mixer — aralashtirgich) — 1) maishiy M. — sovuq ichimliklarni tez aralashtirish, kokteyllar, kremlar, hamir, pyure va boshqa tayyorlash uchun ishlatiladigan elektr asbob. M. kofe, yongʻoq, shokoladlarni maydalaydigan moslamalar bilan ham jihozlangan boʻlishi mumkin. M. ichida kollektorli elektr dvigatel va qopqoqli polietilen yoki shisha stakanlar joylashgan plastmassa korpusdan iborat; 2) metallurgiyada — metall eritish pechidan chiqqan suyuq choʻyan yigʻiladigan, ichiga gʻisht teriladigan poʻlat idish. M.da choʻyanning kimyoviy tarkibi va temperaturasi maromiga yetadi, tarkibi yaxshilanadi (oltingugurt, kremniy va boshqa aralashmalardan qisman tozalanadi), soʻnfa poʻlat quyish agregatlarida qayta ishlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil