Omlet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Omlet
Asl nomi Omllet, tuxumli pankeyk
Kelib chiqishi Eron
Asosiy komponentlari Tuxum, sariyog‘, yog‘

Omlet (fransuzcha: Omelette) — tuxumli quymoq, unga odatda sut[1] yoki boshqa turdagi suyuqlik, misol uchun suv, qaymoq, bulyon, qaynatma, bir qator retseptlarda oz miqdorda un, masalan, bugʻdoy, joʻxori, grechka, arpa, javdar, kartoshka, noʻxat uni qoʻshiladi. Ushbu tarkibiy mahsulotlar issiqlik bilan ishlov berishdan avval tuxum va suyuqlik bilan birga koʻpirtiriladi. Quymoqni qovurish, pechda yoki suv bugʻida pishirish mumkin. Issiqlik bilan ishlov berishda quymoqqa mayda toʻgʻralgan kolbasa, qovurilgan goʻsht, pishloq, tuzlangan yoki qaynatilgan qoʻziqorin, piyoz, sarimsoq, petrushka barglari, selderey, kervel, rayhon, jambil, toshchoʻp va boshqa mahsulotlarni qoʻshish mumkin, bu orqali xilma-xillikka erishiladi[2]. Omletlar odatda nonushta dasturxoniga tortiladi[3].

Murabbo, asal va boshqa mahsulotlar bilan pishirilgan omletlar shirinlik sifatida isteʼmol qilinadi V.V. Pohlyobkin bunday taomlarni omlet deyish notoʻgʻri ekanligini, ularni solojenik deb atash toʻgʻri boʻlishini aytadi[2].

Omlet ichiga qiyma (goʻsht, sabzavot va boshqalar) oʻrash mumkin[4]. Smetana kabi konsistensiyaga ega tuxum-sut aralashmasidan kastryulya yoki suv bugʻida pishirilgan yegulik tuxumli boʻtqa deb ataladi[5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. С. А. Кузнецов „Омлет“,. Большой толковый словарь русского языка, 1-е изд-е, Норинт, 1998. 
  2. 2,0 2,1 Omlet// Kulinarniy slovar V. V. Poxlyobkina, 2002
  3. Омлет// Кулинарный словарь В. В. Похлёбкина, 2002
  4. Похлёбкин 1983.
  5. Ковалёв Н. И. „Читая А. С. Пушкина“,. Блюда русского стола. История и названия, 10000 экз, Лениздат, 1995 — 303 bet. ISBN 5-289-01718-6. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Похлёбкин В. В. „Яичные блюда“,. Занимательная кулинария. М.: Лёгкая и пищевая промышленность, 1983. 
  • Ratushniy A. S. Omlet // Vsyo o ede ot A do Ya: Ensiklopediya. — M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya „Dashkov i K°“, 2016. — S. 244—245. — 440 s. — 300 ekz. — ISBN 978-5-394-02484-9.
  • Omlet // Kultura pitaniya. Ensiklopedicheskiy spravochnik / Pod red. I. A. Chaxovskogo. — 3-e izdanie. — Mn.: „Belorusskaya ensiklopediya imeni Petrusya Brovki“, 1993. — S. 207. — 540 s. — ISBN 5-85700-122-6.