Miguel Angel Melogno
Tugʻilgan sana va joyi | 1905-yil 22-mart Urugvay,Salto | |||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻlimi | 1945-yil 27-mart (40 yosh) Urugvay, Montevideo | |||||||||||||||
Fuqaroligi | ![]() | |||||||||||||||
Ampula | yarimhimoyachi | |||||||||||||||
| ||||||||||||||||
Xalqaro medallar | ||||||||||||||||
| ||||||||||||||||
Miguel Angel Melogno (ispancha: Miguel Ángel Melogno)—urugvaylik futbolchi, yarim himoyachi.1905-yil 22-martda Urugvay Salto shahrida tugʻilgan.
1930-yilda jahon chempioni, 1928-yilgi Olimpiada o'yinlari chempioni.
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Miguel Angel Melogno Salto shahrida tugʻilgan va „Belya Vista“ darajasidagi klubda oʻynagan.U Xose Nasazzi, Ademar Kanavesi, Xose Leandro Andrade va Pablo Dorado bilan birga 1920-yillardagi klubning eng koʻzga koʻringan futbolchilari roʻyxatiga kirardi[1].
1925-yilda Urugvay terma jamoasida uchta oʻyin oʻtkazdi. Uchalasi ham oʻrtoqlik uchrashuvi maqomidagi oʻyinlar edi.Uchtasi ham Paragvayga qarshi Asunsionda oʻynadi[2].
1926-yilda Melogno ham Urugvay milliy terma jamoasiga chaqirilgan.1928-yilda Amsterdamga Yozgi olimpiada oʻyinlarining futbol musoboqasiga Urugvay terma jamoasi safida ketgan, ammo unga maydonga tushish nasib qilmagan.Urugvay terma jamoasining asosiy tarkib futbolchilari musobaqa taqdirini oʻzlari xal qilib chempionlikkacha barcha raqiblarni magʻlub etishgan.Lekin oʻyinlarda maydonga tushmay zahira oʻrindigʻida navbatini kutgan boʻlsada, jamoa aʼzosi sifatida Amsterdam Yozgi olimpiada oʻyinlari futbol musobaqalari gʻolibi sifatida oltin medalini qoʻlga kiritgan.
Xuddi shu narsa 1930-yilda vatani Urugvayda boʻlib oʻtayotgan futbol tarixida birinchi bor oʻtkazilayotgan jahon chempionatida ham sodir boʻlgan.Melogno jahon chempioni boʻldi, lekin u hech qaysi oʻyinda maydonga tushmadi.Jahon chempionati davomida Urugvayning Peru terma jamoasi, Ruminiya terma jamoasi, Yugoslaviya terma jamoasi va finalda Argentina terma jamoasiga qarshi oʻyinni jamoa zahira oʻrindigʻidan tomosha qilishga majbur boʻldi.
Miguel Angel Melogno 1945-yilda juda erta 40 yoshida vafot etdi.Urugvay poytaxti Montevideoda dafn etilgan.
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
№ | Sana | Joyi | Raqib | Hisob | Baxsni maqomi |
---|---|---|---|---|---|
1 | 15.08.1925 | Asunson | Paragvay | 0:1 | Oʻrtoqlik oʻyini |
2 | 19.08.1925 | Asunson | Paragvay | 1:0 | Oʻrtoqlik oʻyini |
3 | 23.08.1925 | Asunson | Paragvay | 0:0 | oʻrtoqlik oʻyini |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „История «Белья Висты»“. 31-oktyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-oktabr 2011-yil.
- ↑ „Angel Melogno“ (inglizcha). 11v11.com (2011). Qaraldi: 18-oktabr 2011-yil.
3.https://www.transfermarkt.com/angel-melogno/profil/spieler/660311