Jose Leandro Andrade

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Futbol
Jose Leandro Andrade
Xose Leandro Andrade v 1926 godu

Jose Leandro Andrade 1926-yilda
Umumiy maʼlumotlar
Laqablari Futbol musiqachisi, Qora javohir
Tugʻilgan sana va joyi 1901-yil 1-oktyabr(1901-10-01)

Urugvay,Salto
Oʻlimi 1957-yil 5-oktabr (56 yosh)

Urugvay,Montevideo
Fuqaroligi Flag Urugvaya Urugvay
Boʻyi 180 sm
Ampula yarim himoyachi,himoyachi
Klub oʻrinbosarlari
Flag Urugvaya Miramar Misones
Klubdagi faoliyati[* 1]
1918—1921 Flag Urugvaya Miramar Misones ? (?)
1921—1923 Flag Urugvaya Belya Vista 71 (7)
1923 Flag Urugvaya Reformers ? (?)
1924 Flag Urugvaya Belya Vista ? (?)
1925—1931 Flag Urugvaya Nasional 105 (29)
1932—1935 Flag Urugvaya Penyarol 88 (3)
1936 Flag Argentini (1812—1985) Atlanta (BA) 2 (0)
1936 Flag Argentini (1812—1985) Arxentinos Xuniors 21 (0)
1936 Flag Urugvaya Belya Vista ? (?)
1937 Flag Urugvaya Montevideo Uonderers 17 (0)
Terma jamoada[* 2]
1923—1930 Flag Urugvaya Urugvay 34 (1)
Xalqaro medallari
Olimpiada oʻyinlari
Oltin Parij 1924 futbol
Oltin Amsterdam 1928 futbol
Jahon chempionati
Oltin Urugvay 1930
Janubiy Amerika chempionati
Oltin Montevideo 1923
Oltin Montevideo 1924
Oltin Santyago 1926
Kumush Lima 1927
Bronza Buenos-Ayres 1929
  1. Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov.
  2. Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.
Logotip Vikisklada Mediafayli na Vikisklade
Andrade Amsterdamdagi barda. Olimpiada oʻyinlari 1928-yil.

Jose Leandro Andrade (ispancha: José Leandro Andrade)-urugvaylik futbolchi, yarim himoyachi va himoyachi.1901-yil 1-oktyabrda Urugvayning Salto shahrida tugʻilgan.1930-yil jahon chempioni, ikki karra Olimpiada chempioni-1924 va 1928-yil.Andrade birinchi boʻlib futbolning „qora javohiri“ deb atalgan.Pele xuddi shunday maqtovga ancha keyin erishdi[1].

Montevideoning „Penyarol“da(1920-yilgacha va 1932-1935), „Miramar Misiones“ (1921), „Belya Vista“ (1922,1924,1936), „Reformers“ (1923), "Nasional" (1925-1931), „Uonderers“ (1937) klublarida oʻynagan.Xorijda esa Argentinaning „Atlanta“ va „Arxentinos Xuniors“ (1936) klublarida oʻynagan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jose Leandro Andrade 1901-yilda Salto shahrida tugʻilgan.Uning onasi argentinalik edi.Katta ehtimol bilan Jose Ignasio Andrade boʻlgan otasi tugʻilganlik haqidagi guvohnomada faqat guvoh sifatida qayd etilgan.Tugʻilganda Afrika sehr-jodusi boʻyicha mutaxassis Jose Ignasio allaqachon 98 yoshda edi va u yerda quldorlik avj olgan bir paytda u Braziliyaga hijrat qilgan[2].

Yoshligida Jose poytaxtning Palermo tumaniga koʻchib oʻtdi va xolasi qoʻlida tarbiyalandi.Futbolda professionallik paydo boʻlishidan oldin u karnavallarda musiqachi boʻlib ishlagan (u nog'ora,skripka va daf chalishi mumkin edi).Shuningdek poyabzal tozalovchi va gazeta sotuvchisi boʻlib ham ishlagan.

Andrade oʻzining virtuoz oʻyini va raqsni eslatuvchi toʻp texnikasi bilan 1924-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida Yevropa jamoatchiligi koʻnglini zabt etdi. Fransuz matbuoti unga „Qora moʻjiza“, „Qora javohir“, shuningdek, „Futbol musiqachisi“ laqablarini berdi.1928-yilda u milliy terma jamoa bilan Yevropa tuprogʻi Amsterdamda ikkinchi marta Olimpiada oʻyinlarida gʻolib chiqdi.

Andrade qanot himoyachisi sifatida oʻynardi.1930-yilda gʻalaba qozongan jahon chempionati oldidan u jiddiy jarohat oldi, bu uning faoliyatini deyarli yakunlashiga olib keldi.Ammo tiklanishga muvaffaq boʻldi va musobaqada qatnashdi.

Professionallik joriy etilgandan soʻng, futbol standartlari boʻyicha allaqachon keksa boʻlgan Andrade yangi talablarga moslasha olmadi va 1937-yilda bir qator klublarni oʻzgartirib futbolchilik faoliyatini yakunladi.1933-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagunga qadar u terma jamoa safida 41 ta oʻyin oʻtkazgan.

1950-yilda Jose Leandro Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatiga faxriy mehmon sifatida taklif qilindi.Uning jiyani Viktor Rodriges Andrade oʻsha musobaqada jahon chempioni boʻlgan va Urugvay terma jamoasi yetakchilaridan biri boʻlgan.

1956-yilda jurnalist Frits Xak Montevideoning qashshoq hududidagi kichkina uyda yashayotgan va alkogolizmdan aziyat chekayotgan Andradeni qidirib topdi.Buyuk futbolchi bir yildan soʻng kambagʻallar uchun „Pineiro del Kampo“ uyida sil kasalligidan vafot etdi.

Yutuqlar va mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Талиновский Б. Х. Франков А. В.. Серия «Все чемпионаты мира». Том 1. 1930, 1934, 1938, 1950.. ООО «Издательский Дом Украинский Медиа Холдинг», 2010 — 42 bet. ISBN 978-966-2320-02-2. 
  2. Gumbrecht, Hans Ulrich.. In praise of athletic beauty, Harvard University Press, 2006 — 249-251 bet. ISBN 067402172X. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]