Kontent qismiga oʻtish

Michy Batshuayi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Michy Batshuayi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Michy Batshuayi-Atunga[1]
Tavallud sanasi 2-oktyabr 1993-yil (1993-10-02) (31 yosh)[2]
Tavallud joyi Brussels, Belgiya
Boʻyi 1.85 m[3]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Eintracht Frankfurt
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2005 RFC Evere
2005—2006 RUSA Schaarbeek
2006—2007 Brussels
2007—2008 Anderlecht
2008—2009 Brussels
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2014 Standard Liège 97 (39)
2014—2016 Marseille 62 (29)
2016—2022 Chelsea 48 (8)
2018   Borussia Dortmund 10 (7)
2018—2019   Valencia 15 (1)
2019   Crystal Palace 11 (5)
2020—2021   Crystal Palace 18 (2)
2021—2022   Beşiktaş 33 (14)
2022- Fenerbahçe 5 (2)
Milliy terma jamoa
2012—2014 Belgiya U21 13 (7)
2015- Belgiya 47 (26)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-oktyabr uchun)

Michy Batshuayi-Atunga (talaffuzi: Mishi Batshuayi-Atunga) 1993-yil 2-oktyabrda Brusselda tavallud topgan. Belgiyalik futbolchi Turkiyaning „Fenerbahçe“ va Belgiya terma jamoasi hujumchisi. 2016-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi. 2018-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.

Batshuayi Chelsea bilan

2016-yilning 3-iyulida Michy Batshuayi-Atunga 39 million yevro evaziga Angliyaning „Chelsea“ jamoasiga oʻtdi. Shartnoma 5 yil muddatga imzolandi[4]. Klubda „23“ raqami ostida toʻp surgan. 15-avgust kuni „West Ham United“ ga qarshi oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga ikkinchi boʻlimda Oskar oʻrniga Angliya Premer-ligasida debyut qildi[5]. Bahs oxirida u gʻalaba golini urgan Diego Kostaga assistentlik qildi. 20-avgust kuni „Watford“ga qarshi bahsda Michy Batshuayi-Atunga „Chelsea“ safidagi ilk golini urdi[6]. 23-avgust kuni Angliya Futbol Ligasi kubogi doirasida „Bristol Rovers“ga qarshi oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga „pensionerlar“ safida oʻzining ilk „dubl“ini urdi[7]. Oʻzining debyut mavsumida u klubga chempionlikni qoʻlga kiritishda yordam berdi. 21-may kuni „Sunderland“ga qarshi bahsda Michy Batshuayi-Atunga chempionatdagi ilk „dubl“ini amalga oshirdi[8]. U Angliya Liga kubogi doirasida „Nottingham Forest“ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi. Chempionlar ligasi doirasida Ozarbayjonning „Karabakh“ va Ispaniyaning „Atletico Madrid“ klublariga qarshi kechgan oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi[9].

Xalqaro karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Michy Batshuayi-Atunga Belgiya tarkibida JCh −2018da

2015-yil 28-mart kuni Kiprga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinida Michy Batshuayi-Atunga Belgiya terma jamoasida ikkinchi boʻlimda Kristian Benteke oʻrniga maydonga tushdi[10]. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urdi.

2016-yilning yozida Michy Batshuayi-Atunga jamoasi tarkibida u Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Vengriya va Uels jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[11][12]. Vengerlarga qarshi kechgan bahsda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.

2018-yilda Michy Batshuayi-Atunga Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Turnirda u Tunis, Angliya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13][14][15]. Tunisliklarga qarshi kechgan bahsda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.

  1. „2017/18 Premier League clubs publish retained lists“. Premier League (8-iyun 2018-yil). Qaraldi: 10-aprel 2021-yil.
  2. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Belgium“. FIFA (15-iyul 2018-yil). 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Michy Batshuayi“. Chelsea F.C.. 26-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  4. „«Челси» объявил о трансфере Батшуайи“ (ruscha). sports.ru (3-iyul 2016-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2016-yil.
  5. „Челси VS. Вест Хэм Юнайтед 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (15-avgust 2016-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2016-yil.
  6. „Уотфорд VS. Челси 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (20-avgust 2016-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2016-yil.
  7. „Батшуайи оформил дубль“. 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-avgust 2016-yil.
  8. „Челси VS. Сандерленд 5:1“ (inglizcha). soccerway.com (21-may 2017-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  9. „Атлетико Мадрид VS. Челси 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (27-sentabr 2017-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2017-yil.
  10. „Бельгия VS. Кипр 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (28-mart 2015-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2015-yil.
  11. „Венгрия VS. Бельгия 0:4“ (inglizcha). soccerway.com (2016—2006). 30-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2016-yil.
  12. „Уэльс VS. Бельгия 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (7-yanvar 2016-yil). 29-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2016-yil.
  13. „Бельгия VS. Тунис 5:2“ (inglizcha). soccerway.com (2018—2006). 16-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.
  14. „Англия VS. Бельгия 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (2018—2006). 16-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.
  15. „Франция VS. Бельгия 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (7-oktabr 2018-yil). 16-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.