Mehr Sultonxonim madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Mehr Sultonxonim madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Sulton Mehribonxonim
Homiylar Sulton Mehribonxonim
Binokorlik XVI asr—???
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Mehr Sultonxonim madrasasi — Samarqand madrasasi. XVI asrda, Shayboniylar sulolasi davrida, malika Sulton Mehribonxonim tomonidan bunyod etilgan. Malika Muhammad Shayboniyxonning kelini boʻlgan. Mabalarda u Sulton Mehrixonim va Mehr Sultonxonim kabi nomlar bilan tilga olinadi. Madrasa Samarqadda XX asrga qadar eng mashhur va oliy toifali hisoblangan. Madrasa Shayboniyxon madrasasi bilan yonma-yon qurilgan. Tadqiqotchi Boturxon Valixoʻjayev fikriga koʻra shu sababli madrasa xalq orasida „Qoʻsh madrasa“ va „Xoʻrjin madrasasi“ sifatida ham tilga olinadi[1]. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Manbalarda madrasa „Xon shahid madrasasi“ vq „Xon oliy madrasasi“, „Shayboniyxon madrasasi“ nomlari bilan ham atalgan. Mazkur madrasalar tashkil etilgan paytda „Janubiy madrasa“ va „Shimoliy madrasa“ deb nom olgan. 1508—1510-yillarda „Janubiy madrasa“ va 1512-yilda „Shimoliy madrasa“ tosh va pishiq gʻishtdan bunyod etilgan. Madrasa hovlisi umumiy boʻlgan va kirish eshigi tomonida Mehr Sultonxonim xonlar dahmasini qurdiradi. Unda Shayboniyxon sulolasiga mansub vafot etgan sultonlar va ularning oila aʼzolari dafn qilingan. 1871-yil A. P. Xoroshxinning tuzgan madrasalar roʻyxatida bu madrasa Shayboniyxon madrasasi bilan bitta qilib koʻrsatilgan. Mehr Sultonxonim Samarqand shahri va viloyati hukmdori Muhammad Temur sultonning xotini va ushbu hududning malikasi boʻlgan[2].

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehr Sultonxonim madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Valixoʻjayev B. Samarqadda oliy taʼlim-madrasayi oliya-universitet tarixidan lavhalar. Samarqand: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001 — 180 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520 bet.