Mehmonnomayi Buxoro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mehmonnomayi Buxoro

Mehmonnomayi Buxoro — tarixiy asar. XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda kechgan harbiy-siyosiy jarayonlar tarixini oʻrganishda muhim oʻrin tutadi. Fors tilida yozilgan[1].

Asar Fazlulloh ibn Roʻzbehxon tomonidan 1509-yilda yozilgan. Fazlulloh ibn Roʻzbehxon Muhammad Shayboniy hayotining oxirgi 5—6 yilida u bilan birga yurib, unga hamrohlik qilgan, mashvaratlar va harbiy yurishlarning deyarli barchasida ishtirok etgan hamda koʻrgan-bilganlarini mazkur asariga kiritgan[1].

Hozirgi kunda asarning faqat 2 ta qoʻlyozma nusxasi bizgacha yetib kelgan: biri — OʻzR FA Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida saqlanadigan asl nusxa sanaladi; ikkinchisi — Istanbulda Nuri Usmoniya kutubxonasida saqlanayotgan, yuqorida qayd qilingan qoʻlyozmadan koʻchirilgan nusxadir. Toshkent nusxasi asosida 1976-yili R. Jalilova tomonidan Mehmonnomayi Buxoroning forsiydan ruschaga tarjimasi va fotofaksimil nashri amalga oshirilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Zamonov 2021, s. 8—9.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zamonov A.. Buxoro xonligi tarixi: metodik qoʻllanma. Toshkent: Bayoz, 2021 — 264 bet. ISBN 978-9943-6372-0-7.