Medlyak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Medlyak“
Mr. Credo qoʻshigʻi
„Chudnaya dolina“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2002
Yozib olingan 2002
Janr pop
Davomiyligi 4:30
„Chudnaya dolina“ xronologiyasi
„Pervaya lyubov“ Medlyak „Beliye oblaka“

Medlyak“ (ruscha: Медляк, yaʼni „Sekin [qoʻshiq]“) — rossiyalik xonanda Mr. Credo (haqiqiy ismi Aleksandr Maxonin) ijro etgan qoʻshiq. Xonandaning 2002-yil eʼlon qilingan „Chudnaya dolina“ albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Mr. Credo repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biri. Tarona naqoratini Mr. Credo rus xonandasi Olesya Slukina bilan ijro etgan[1].

„Medlyak“ qoʻshigʻi 2005-yilga borib „Russkoye radio“ radiokanalida efirga uzatila boshlaganidan keyin Rossiya va MDH mamlakatlarida keng miqyosda tanilgan[2]. Qoʻshiq hanuz MDH mamlakatlari radiostansiyalarida yangraydi. Taronaning audio versiyasi 2013-yilning aprelida YouTubega yuklanganidan to 2022-yilning sentyabriga qadar 50 million martadan oshiq koʻrilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]