Maymun al-Hojibiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maymun al-Hojibiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1087-yil (hijriy 480-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi bosh qozi, xatib

(Abul Fath) Maymun ibn Tohir ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Hojib al-Kushoniy (480-hijriy yil (milodiy 1087-yil)da Samarqandda vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn qilingan) — bosh qozi va xatib hamda Kushoniya ahliga mansub inson bo‘lgan. U ulamolardan, undan esa boshqa ulamolar hadis rivoyat qilganlar[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 102 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.