Kontent qismiga oʻtish

Аbdushukur Xamzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Аbdushukur Xamzayev
Fayl:Аbdushukur Xamzayev.jpg
Аbdushukur Xamzayev
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-dekabr 1973-yil (1973-12-10) (50 yosh)
Uzun tumani, Surxondaryo viloyati
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston ekologik partiyasi
Bolalari uch bola
Taʼlim Samarqand qishloq xoʻjalik institutini
Davlat boshqaruvi akademiyasi

Abdushukur Xudoyqulovich Xamzayev (1973-yil 10-dekabr, Uzun tumani, Surxondaryo viloyati) — 2022-yil 19-dekabrdan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi.

Biografiyasi

Abdushukur Xudoykulovich Xamzayev 1973-yil 10-dekabrda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 1995-yili Samarqand qishloq xo‘jalik institutini, 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasini tamomlagan. Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini Uzun tumanidagi “Namuna” jamoa xo‘jaligida bo‘lim agronomligidan boshlagan. 1996-1999-yillarda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti aspiranturasini muvaffaqiyatli tamomlagan.

1999-2017-yillar davomida Samarqand qishloq xo‘jalik institutida assistent, katta o‘qituvchi, o‘quv ishlar bo‘yicha dekan muovini, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan.

2017-2022-yillarda O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori sifatida faoliyat yuritgan.

2022-yildan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

A.X.Xamzayevning bugungi kungacha 280 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. Shuningdek, u 20 ga yaqin qishloq xo‘jalik ekin navlari va 16 ta ixtiro muallifi hisoblanadi.

A.X.Xamzayev qishloq, o‘rmon va ekologiya sohasida xalqaro tajribalarga ega bo‘lib, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Turkiya, Germaniya, Bolgariya, Rossiya kabi davlatlarda malaka oshirgan. Uning tashabbusi bilan bugungi kunda sohaga oid 10 dan ziyod xorijiy o‘quv va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan.

A.X.Xamzayev qonun ijodkorligi jarayonida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonunlarini tayyorlashda bevosita ishtirok etgan.

Shu bilan birga, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida Ekspert kengashi raisi sifatida 20 ga yaqin qonunosti hujjatlari loyihalarini tayyorlashda qatnashgan.

Oilali, uch nafar farzandi bor.

Manbalar

Havolalar