Burunduqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Burunduqlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Burunduqlar, olasichqonlar (Tamias) — kemiruvchilar turkumining tatinsimonlar oilasi urugʻi. Shimoliy yarim shardagi oʻrmonlarda tarqalgan. Bir necha turi maʼlum. Rossiyaning sharqiy qismidagi oʻrmonlarda Osiyo burundugʻi (Tamias sibiricus) uchraydi. Tanasining uzunligi 14 sm, dumi 9 sm ga yaqin, orqa qismida beshta qora yoʻli boʻladi. Qishda uyquga ketadi, har yili bir marta (baʼzan 2 marta) 4—10 ta bola tugʻadi. Nina barglilar urugʻi, kengbargli daraxtlar bargi, kurtagi va mevasi bilan oziqlanadi, qishga 4 kg gacha oziq (asosan kedr yongʻogʻi) toʻplaydi. Burunduqlar lunjida oziq olib yuradigan xaltasi boʻladi. Oʻrmonchilik va qishloq xoʻjaligiga qisman ziyon keltiradi. Osiyo burunduqlari kana ensefalitining ikkinchi darajali tarqatuvchisidir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil