Xatirchi tumani: Versiyalar orasidagi farq
Luckas-bot (munozara | hissa) k r2.7.1) (Bot Qoʻshdi: pnb:ضلع کھاتیرچی |
k r2.6.4) (Bot Oʻchirdi: ru:Хатырчинский район |
||
Qator 29: | Qator 29: | ||
[[ms:Daerah Khatyrchi]] |
[[ms:Daerah Khatyrchi]] |
||
[[pnb:ضلع کھاتیرچی]] |
[[pnb:ضلع کھاتیرچی]] |
||
[[ru:Хатырчинский район |
[[ru:Хатырчинский район]] |
||
[[uk:Хатирчинський район]] |
[[uk:Хатирчинський район]] |
25-Iyul 2011, 05:40 dagi koʻrinishi
Xatirchi - Oʻzbekiston tumanlaridan biri, Navoiy viloyatida joylashgan.
Joylashuvi
Xatirchi tumani shimoldan va shimoliy gʻarbdan viloyatning Nurota, gʻarbdan Navbahor tumanlari bilan, janubdan Zarafshon daryosi orqali Samarqand viloyatining Paxtachi va Narpay tumanlari, janubi sharq va sharqdan Kattaqoʻrgʻon, hamda shimoli-sharqdan Qoʻshrabod tumanlari bilan chegaradosh. Tumanning yer maydoni 1382 kv.km, aholisi 151 000 kishi.[1]
Tuman tarixi
Tuman 1926-yil 29-sentabrda Oʻzbekistondagi boshqa 79 ta tuman qatori rasman tashkil topgan. Ungacha Xatirchi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarkibidagi viloyat (1920-21 y.), 1922-24-yillarda esa Karmana viloyatida uezd, 1925-26-yillarda Karmana uezdining volosti boʻlib kelgan.
1927-30-yillarda Zarafshon okrugida rayon, 1938-yilgacha esa respublikaga boʻysunuvchi rayon, 1938-yilda yangidan viloyatlar(oblast) tuzilgach, 1982-yil 20-aprelgacha Samarqand viloyatining, soʻngra 1989-yil sentabr oyiga qadar yangi tashkil etilgan Navoiy viloyati tarkibida boʻldi. 1989-yilda Navoiy viloyati tarqatib yuborilgach, yana Samarqand viloyatiga qoʻshildi. 1992-yildan boshlab, qayta tashkil qilingan yangi Navoiy viloyatining tumani hisoblanadi.
Xatirchidan atoqli xalq baxshisi Poʻlkan shoirning nabirasi, hassos shoir Amirqul Poʻlkan[2] va taniqli qomuschi olim, adabiyotshunos Gʻaybulla Salomovlar yetishib chiqqan.