Andoza:Yaxshi maqola: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
New
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
[[Fayl:Where Rivers and Mountains Sing.jpg|right|120px]]
[[Fayl:Where Rivers and Mountains Sing.jpg|right|120px]]
'''„Where Rivers and Mountains Sing: Sound, Music, and Nomadism in Tuva and Beyond“''' („Daryolar va togʻlar kuylovchi yerlar: Tiva va uning atrofidagi hududlarda tovush, musiqa va koʻchmanchilik“) ({{lang-ru|Музыка новых номадов. Горловое пение в Туве и за ее пределами}}; „Yangi koʻchmanchilar musiqasi. Tiva va uning atrofidagi hududlarda [[jir]] ijrosi“) — amerikalik musiqashunos va etnograf [[Theodore Levin]] qalamiga mansub kitob. Kitob matnini boshdan-oyoq Levin yozgan boʻlsa-da, muallif unga yaqindan koʻmaklashgan va u bilan gʻoyalarini boʻlishgan [[tiva]]lik etnograf olima Valentina Suzukeyni hammualif oʻlaroq koʻrsatgan. Kitobda [[Oltoy togʻlari]] yaqinida yashovchi koʻchmanchi xalqlar, xususan, [[tivalar]], [[xakaslar]], [[oltoylar]], [[moʻgʻullar]], [[qozoqlar]] va [[qirgʻizlar]] musiqiy merosi haqida soʻz yuritiladi. Kitobda, shuningdek, tivalik jirovlardan iborat „Xun-Xurtu“ musiqiy guruhi faoliyati atroflicha yoritilgan.
'''„[[Where Rivers and Mountains Sing|Where Rivers and Mountains Sing: Sound, Music, and Nomadism in Tuva and Beyond]]“''' („Daryolar va togʻlar kuylovchi yerlar: Tiva va uning atrofidagi hududlarda tovush, musiqa va koʻchmanchilik“) ({{lang-ru|Музыка новых номадов. Горловое пение в Туве и за ее пределами}}; „Yangi koʻchmanchilar musiqasi. Tiva va uning atrofidagi hududlarda [[jir]] ijrosi“) — amerikalik musiqashunos va etnograf [[Theodore Levin]] qalamiga mansub kitob. Kitob matnini boshdan-oyoq Levin yozgan boʻlsa-da, muallif unga yaqindan koʻmaklashgan va u bilan gʻoyalarini boʻlishgan [[tiva]]lik etnograf olima Valentina Suzukeyni hammualif oʻlaroq koʻrsatgan. Kitobda [[Oltoy togʻlari]] yaqinida yashovchi koʻchmanchi xalqlar, xususan, [[tivalar]], [[xakaslar]], [[oltoylar]], [[moʻgʻullar]], [[qozoqlar]] va [[qirgʻizlar]] musiqiy merosi haqida soʻz yuritiladi. Kitobda, shuningdek, tivalik jirovlardan iborat „Xun-Xurtu“ musiqiy guruhi faoliyati atroflicha yoritilgan.


Asar ilk bor 2006-yil [[AQSh]]ning Bloomington shahrida Indiana University Press nashriyotida chop etildi. 2010- va 2019-yillarda qayta nashr qilindi. 2012-yil [[Moskva]] shahrida „Klassika XXI“ nashriyotida Ilya Kun oʻgirgan [[Rus tili|ruscha]] tarjimasi chop etildi. Kitob 40 qoʻshiq va kuyni oʻzida jamlagan hamroh [[kompakt-disk]] hamda 25 ta videolavhani oʻzida jamlagan DVD disk bilan nashr qilingan. Kuylarning barchasini va videolarning aksarini Levinning oʻzi yozib olgan. Kitobda, shuningdek, Oltoy xalqlari musiqasi va musiqiy hayoti toʻgʻrisida yozilgan ilmiy asarlar bibliografiyasi keltirilgan.
Asar ilk bor 2006-yil [[AQSh]]ning Bloomington shahrida Indiana University Press nashriyotida chop etildi. 2010- va 2019-yillarda qayta nashr qilindi. 2012-yil [[Moskva]] shahrida „Klassika XXI“ nashriyotida Ilya Kun oʻgirgan [[Rus tili|ruscha]] tarjimasi chop etildi. Kitob 40 qoʻshiq va kuyni oʻzida jamlagan hamroh [[kompakt-disk]] hamda 25 ta videolavhani oʻzida jamlagan DVD disk bilan nashr qilingan. Kuylarning barchasini va videolarning aksarini Levinning oʻzi yozib olgan. Kitobda, shuningdek, Oltoy xalqlari musiqasi va musiqiy hayoti toʻgʻrisida yozilgan ilmiy asarlar bibliografiyasi keltirilgan.

11-Aprel 2020, 11:24 dagi koʻrinishi

„Where Rivers and Mountains Sing: Sound, Music, and Nomadism in Tuva and Beyond“ („Daryolar va togʻlar kuylovchi yerlar: Tiva va uning atrofidagi hududlarda tovush, musiqa va koʻchmanchilik“) (ruscha: Музыка новых номадов. Горловое пение в Туве и за ее пределами; „Yangi koʻchmanchilar musiqasi. Tiva va uning atrofidagi hududlarda jir ijrosi“) — amerikalik musiqashunos va etnograf Theodore Levin qalamiga mansub kitob. Kitob matnini boshdan-oyoq Levin yozgan boʻlsa-da, muallif unga yaqindan koʻmaklashgan va u bilan gʻoyalarini boʻlishgan tivalik etnograf olima Valentina Suzukeyni hammualif oʻlaroq koʻrsatgan. Kitobda Oltoy togʻlari yaqinida yashovchi koʻchmanchi xalqlar, xususan, tivalar, xakaslar, oltoylar, moʻgʻullar, qozoqlar va qirgʻizlar musiqiy merosi haqida soʻz yuritiladi. Kitobda, shuningdek, tivalik jirovlardan iborat „Xun-Xurtu“ musiqiy guruhi faoliyati atroflicha yoritilgan.

Asar ilk bor 2006-yil AQShning Bloomington shahrida Indiana University Press nashriyotida chop etildi. 2010- va 2019-yillarda qayta nashr qilindi. 2012-yil Moskva shahrida „Klassika XXI“ nashriyotida Ilya Kun oʻgirgan ruscha tarjimasi chop etildi. Kitob 40 qoʻshiq va kuyni oʻzida jamlagan hamroh kompakt-disk hamda 25 ta videolavhani oʻzida jamlagan DVD disk bilan nashr qilingan. Kuylarning barchasini va videolarning aksarini Levinning oʻzi yozib olgan. Kitobda, shuningdek, Oltoy xalqlari musiqasi va musiqiy hayoti toʻgʻrisida yozilgan ilmiy asarlar bibliografiyasi keltirilgan.

Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Britan qoʻshiqchisi va etnomusiqashunosi Carole Pegg kitobni yuqori baholadi: „Kitob etnografik tafsilotlarga boy boʻlib, bizni tovush va musiqa orqali nafaqat zamonaviy koʻchmanchilar fizik dunyosiga, balki ularning animistik ishonch va anʼanalari, shomonlar va dostonchilardan iborat ruhiy dunyosiga ham yetaklaydi. Levin qator nazariyotchilar, jumladan, etnomusiqashunoslar, antropologlar, tilshunoslar, musiqachilar, bastakorlar, tarixchilar, evolyutsiya psixologlari, faylasuflar va sanʼat tarixchilariga tayanadi.“ Ammo Pegg kitobda Oltoy xalqlari sanʼatidan uslubiy jihatdan farq qiluvchi qozoq va qirgʻiz sanʼati haqida soʻz yuritilganini, ijrochilarni yozib olish aksar holatlarda „sahnalashtirilgan“ muhitda oʻtkazilganini hamda ayrim holatlarda kichik aholi punktlariga koʻp sonli xorijlik aʼzodan iborat etnografik guruh tashrif buyurganini tanqid qildi..

davomi...

Arxiv