Toʻylar muborak (film): Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{Film
{{Film bilgiqutisi
| name = Toʻylar muborak
| nomi = Toʻylar muborak
| image = Toʻylar_muborak.jpg
| tasvir = Toʻylar_muborak.jpg
| alt=
| alt=
| caption = „Toʻylar muborak“ filmidan skrinshot
| izoh = „Toʻylar muborak“ filmidan skrinshot
| director = [[Eduard Xachaturov]]
| rejissor = [[Eduard Xachaturov]]
| producer =
| producer =
| writer = [[Said Ahmad]]<ref>{{cite web|title=Biography of Said Ahmad|url=http://turonlib.uz/ru/vidnie/s_axmad.html|work=Turonlib|accessdate=9 March 2012|language=Uzbek}}</ref> <br /> Boris Saakov
| writer = [[Said Ahmad]]<ref>{{cite web|title=Biography of Said Ahmad|url=http://turonlib.uz/ru/vidnie/s_axmad.html|work=Turonlib|accessdate=9 March 2012|til=Uzbek}}</ref> <br /> Boris Saakov
| starring = {{unbulleted list|[[Obid Yunusov]]|}}
| starring = {{unbulleted list|[[Obid Yunusov]]|}}
| music = Y. Shiryayev
| music = Y. Shiryayev

20-Avgust 2018, 02:57 dagi koʻrinishi

Toʻylar muborak

„Toʻylar muborak“ filmidan skrinshot
Rejissyor(lar) Eduard Xachaturov
Ssenariynavis(lar) Said Ahmad[1]
Boris Saakov
Rollarda
Bastakor(lar) Y. Shiryayev
Muharrir(lar) F. Musajonov
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Davomiyligi 65 minut
Mamlakatlar Oʻzbek SSR, SSSR
Til oʻzbekcha

Toʻylar muborak“ (ruscha: Подарю тебе город) — Eduard Xachaturov 1978-yil yaratgan oʻzbek kinokomediyasi.[2] Bosh rolda Oʻzbekiston xalq artisti Obid Yunusov oʻynagan.[3] Filmda koʻngilchanligi tufayli oʻz toʻyi kuni koʻp odamlarga yordam beraman deb, toʻyiga zoʻrgʻa yetib keladigan kuyov haqida hikoya qilinadi.

Sujet

Kuyovni va uning spirtli ichimlik ichib ozgina mast boʻlgan doʻstlarini davlat avtomobil nazorati ishchisi toʻxtatadi. Kuyov doʻstlarini qoldirib, taksida toʻyxonaga joʻnaydi. Taksi haydovchisining boshi aylanib, koʻzi tinadi va mashinani avariya qiladi. Kuyov shoshib turgan boʻlsa-da, taksi haydovchisini shifoxonaga olib boradi. Shifoxonadan chiqqanidan keyin yoshi katta erkak va uning ayoli kuyovdan oʻz „taksisida“ ularni bir joyga olib borib qoʻyishini iltimos qilishadi. Hamma uni taksi haydovchisi deb oʻylaydi. Kuyov odamlarni aytgan joylariga olib bora olmasligini aytsa ham, unga quloq solishmaydi.

Filmning yakuniga yaqin kuyov bir ayolning uyidagi devorni gips bilan qoplash yuzasidan bir mardikor bilan savdolashayotganini koʻradi. Mardikor katta pul soʻragani uchun kuyov devorni oʻzi gips bilan tezda qolplashga qaror qiladi. Gipsni suv bilan qorgandan keyin dam olgani oʻtiradi va xayol sura boshlaydi. Gips tezda qotib qoladi va kuyovning oyoqlari qotgan gipsdan chiqmaydi. Kuyovni maxsus mashinada, oyoqlari gipsda qotgan holda toʻyxonaga olib boradilar.

Manbalar

  1. „Biography of Said Ahmad“ (Uzbek). Turonlib. Qaraldi: 2012-yil 9-mart.
  2. „Podaryu tebe gorod: Information about the Movie“ (Russian). Kino-Teatr. Qaraldi: 2014-yil 12-sentyabr.
  3. „BBC's Guest: The Famous Actor Obid Yunusov“ (Uzbek). BBC's Uzbek Service (2009-yil 17-mart). Qaraldi: 2012-yil 9-mart.

Havolalar