Yoqub Ahmedov: Versiyalar orasidagi farq
Qator 60: | Qator 60: | ||
|- |
|- |
||
| 1997|| „[[Oʻtgan kunlar (film)]]“ || |
| 1997|| „[[Oʻtgan kunlar (film)]]“ || |
||
|- |
|||
| 2003|| „Taqdir“ || |
|||
|- |
|- |
||
| 2004|| „Qalblar toʻlqini“ || |
| 2004|| „Qalblar toʻlqini“ || |
4-Iyun 2016, 08:53 dagi koʻrinishi
Yoqub Ahmedov | |
---|---|
Otabek Mahkamov va Yoqub Ahmedov 2012-yilda | |
Tavalludi |
3-yanvar 1938-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktyor |
Mukofotlari |
Oʻzbekiston xalq artisti (1974) „Doʻstlik“ ordeni (1997). |
Yoqub Ahmedov (1938-yil 3-yanvarda Namanganda tugʻilgan) — Oʻzbekiston xalq artisti (1974).[1] Toshkent sanʼat institutini tugatgan (1959). 1958-yildan Hamza teatrida. Dastlabki yillar yaratgan Ali Qushchi (Maqsud Shayxzoda, „Mirzo Ulug‘bek“), Murod (Uygʻun, „Parvona“), Leyster (Fridrix Shiller, „Mariya Styuart“) kabi rollari bilan o‘z ijod yo‘lini belgilab oldi.
Ahmedov ijodi ijtimoiy va g‘oyaviy mazmunga to‘la, ufqi keng, ko‘p qirrali. Qahramon hatti-harakatlarini to‘g‘ri gavdalantirish bilan birga uning ruhini, tafakkur kuchini, fikr va hissiyotlar to‘lqinini, uning kayfiyatini, buyuk insoniy fazilatlarini ochishga intiladi.
Eng yaxshi rollari: Hakimboyvachcha (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Sakson Nurtoyevich (O. Jahonova, „Hazrati ayol“), To‘lagan (A. Ibrohimov, „Puch“), Kayhisrav (S. Sirojiddinov, „To‘maris“), Alisher Navoiy (Uyg‘un, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Ikromjon (Said Ahmad, „Ufq“) va boshqalar.
Kinoda: Furqat („Furqat“), Amir Olimxon („Qora konsulning halokati“), Shayx Ismoil („Olovli yo‘llar“), Sultonali („Zulmatni tark etib…“), Ota („Ketma“), Aziz-bek, Yusufbek hoji („O‘tgan kunlar“) kabi rollari bilan tanildi. Shuningdek, bir qancha videofilmlarda ham turli xarakterdagi kishilar obrazini yaratdi: Muhiddin (Odil Yoqubov, „Ulug‘bek xazi-nasi“), Rasul Olloyorovich (O‘. Usmonov, „Girdob“), Alisher Navoiy (Oybek, „Alisher Navoiy“), Sandro (Nodar Dumbadze, „Abadiyat qonuni“) va boshqalar. Alisher Navoiy obrazini Ahmedov o‘ziga xos talqin etdi. „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan (1997).
- qizi Nodira Abdullayeva (Ahmedova) - maktabda dars beradi va „Aslzoda“ kelin koʻylaklari saloni rahbari boʻlib ishlaydi.
- nabirasi: Tojirahmon, Aslzoda va Mohizoda.
- kuyovi Rixsitulla Abdullayev - oʻzbek kino va teatr aktyori.
- qizi Sitora Ahmedova 1992-yilda tavallud topgan — aktrisa va qoʻshiqchi. Faqat gʻalaba, Qaydasan, muhabbat, Ayriliq 2, Oʻzi uylanmagan sovchi filmilarida suratga tushgan. Fayoz guruhining „Mani tanla“ klipida suratga tushgan.
Filmografiya
Film
Yil | Film nomi | Rol |
---|---|---|
1958 | „Maftuningman“ | |
1977 | „Shum bola (film)“ | |
1989 | „Tangalik bolalar“ | |
1997 | „Oʻtgan kunlar (film)“ | |
2003 | „Taqdir“ | |
2004 | „Qalblar toʻlqini“ | |
2009 | „Qasd“ | |
2010 | „Taxdid“ | |
2014 | „Koʻrgim keladi“ | |
2014 | „Xonadon egasi“ | |
2016 | „Baron“ |
Serial
Yil | Film nomi | Rol |
---|---|---|
1998-2003 | „Shaytanat“ | Xolid domla |
2000 | „Charxpalak“ | Fatxulla |
2000 | „Sardor“ | |
2006 | „Maftuna“ | |
2006 | „Qaytar dunyo“ | |
2010 | „Hayot jilgʻalari“ | |
2011 | „Fidoiylar“ | Yoqub Azizov |
2015 | „Mehmonxona“ |
Manbalar
- ↑ "Ahmedov Yoqub". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |