Kontent qismiga oʻtish

Maximilian Beier

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maximilian Beier
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 17-oktyabr 2002-yil (2002-10-17) (21 yosh)
Tavallud joyi Brandenburg an der Havel, Germaniya
Boʻyi 1.85m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
TSG Hoffenheim
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2014–2015 Brandenburger SC Süd 05
2015–2018 Energie Cottbus
2018–2020 TSG Hoffenheim
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020– TSG Hoffenheim 42 (16)
2020–2021 TSG Hoffenheim II 25 (10)
2021–2023Hannover 96 (ijara) 63 (10)
Milliy terma jamoa
2019 Germaniya U-17 7 (1)
2021–2023 Germaniya U-20 7 (0)
2023– Germaniya U-21 5 (2)
2024– Germaniya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (3-iyun uchun)

Maximilian Beier (2002-yil 17-oktyabr) – Germaniyalik futbolchi, Bundesliganing TSG Hoffenheim klubi va Germaniya terma jamoasining hujumchisi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beier katta futboldagi debyutini 2020-yilning 8-fevral kuni Freiburg jamoasiga qarshi Bundesliga uchrashuvida oʻtkazgan[1]. Yil yakuniga kelib, yaʼni 10-dekabr kungi Yevropa ligasi doirasidagi Gent klubiga qarshi oʻyinda ilk gollarini kiritib, uchrashuv davomida ikki gol va bir assist muallifiga aylangan[2].

2021-yilning 19-avgust kuni Beier Hannover 96 jamoasi bilan bir mavsumlik ijara shartnoma imzolagan[3]. 2022-yilning 8-iyunida esa ushbu sharnoma yana bir mavsumga uzaytirildi[4].

U 2023-24-yilgi mavsum yana Hoffenheim tarkibiga qaytdi va 16 gol bilan jamoaning toʻpurariga aylandi[5].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil mart oyida u Fransiya va Gollandiya terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida terma jamoasidan ilk chaqiruvni olgan[6]. U UEFA Yevro 2024 turniri uchun ham Germaniya terma jamoasi qaydnomasiga kiritildi[7].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 18-may holatiga koʻra
Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistika
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
TSG Hoffenheim 2019–20 Bundesliga 6 0 6 0
2020–21 Bundesliga 3 0 5 2
2023–24 Bundesliga 33 16 35 16
Umumiy 42 16 46 18
TSG Hoffenheim II 2020–21 Regionalliga Südwest 24 9 24 9
2021–22 Regionalliga Südwest 1 1 1 1
Umumiy 25 10 25 10
Hannover 96 (ijara) 2021–22 Bundesliga 2 30 3 33 7
2022–23 Bundesliga 2 33 7 35 8
Umumiy 63 10 68 15
Umumiy 127 33 136 40

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 3-iyun holatiga koʻra[8]
Milliy jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Germaniya 2024 1 0
Umumiy 1 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Freiburg 1–0 Hoffenheim“. Soccerway (2020-yil 8-fevral).
  2. „TSG round off group with comfortable win over Gent“. TSG Hoffenheim (2020-yil 10-dekabr).
  3. „Auf Leihbasis: Hannover eist Beier von Hoffenheim los“ (de). kicker.de. kicker (2021-yil 19-avgust). Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  4. „Leihe aus Hoffenheim wird verlängert“ (de). Hannover 96 (2022-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  5. Sharma. „Bundesliga top scorers 2023-24: Harry Kane, Serhou Guirassy & players with the most goals in Germany this season“. Goal.com (2024-yil 19-may).
  6. „Start ins EM-Jahr mit sechs Neulingen und sechs Rückkehrern“ (de). German Football Association (2024-yil 14-mart). Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
  7. „UEFA Euro 2024: All squads and players full list“. Olympics.com (2024-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.
  8. „Maximilian Beier international matches“. EU-Football.info (2024-yil 3-iyun). Qaraldi: 2024-yil 3-iyun.